Toshkentning 24 mahallasida chiqindilarni saralagan holda to‘plash tajribasi joriy etiladi

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovUrni dlya razdelnogo sbora musora
Urni dlya razdelnogo sbora musora - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 24.02.2021
Obuna bo‘lish
Tajriba joriy etiladigan mahallalar aholisiga rangli paketlar beriladi: sariq – qayta ishlanadigan chiqindilar (qog‘oz va plastik), yashil – organik chiqindilar (oziq-ovqat qoldiqlari, barglar, o‘tlar), kulrang paketlar esa qayta ishlanmaydigan chiqindilar uchun mo‘ljallangan.
TOShKENT, 24 fev - Sputnik. Toshkentning 24 mahallasida chiqindilarni saralagan holda to‘plash tajribasi joriy etiladi, deb xabar bermoqda Toshkent shahar hokimligi matbuot-xizmati.
Toshkentda Chirchiq darosiga chiqindilar tashlab ketildi - kim tozalaydi? - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 18.02.2021
Toshkentda Chirchiq darosiga chiqindilar tashlab ketildi - kim tozalaydi?
Eslatib o‘tamiz, Toshkentda to‘planadigan chiqindilar yildan yilga oshib bormoqda va prognozlarga ko‘ra, 15-yildan keyin uning hajmi ikki barobar oshadi. Ushbu vaziyatdagi yagona yechim – chiqindilarni qayta ishlash bo‘lib, buning uchun uni saralash lozim. 2019-yilda Yakkasaroy tumanidagi mahallalardan birida chiqindilarni saralab, to‘plash bo‘yicha birinchi loyiha amalga oshirildi. 
Prezidentning "Toshkent shahrida maishiy va qurilish chiqindilari bilan bog‘liq ishlarni amalga oshirishni takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi qaroriga muvofiq, qattiq maishiy chiqindilarni (QMCh)to‘plash, saralash va olib chiqib ketish xizmatlarini tashkil etish sohasida xususiy sektor ulushini 100 foizga yetkazish ko‘zda tutilgan. 
Razdelniy sbor musora v Moskve - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 16.12.2020
Toshkentda 2021-yildan chiqindilarni saralab yig‘ish tizimi joriy etiladi
Joriy yilda QMChni saralagan holda to‘plash har bir tumandagi ikkita mahallada – jami 24 ta mahallada joriy etiladi. Ushbu mahallalar aholisiga rangli paketlar beriladi. Sariq paketlar – qayta ishlanadigan chiqindilar (qog‘oz va plastik), yashil paketlar – organik chiqindilar (oziq-ovqat qoldiqlari, barglar, o‘tlar), kulrang paketlar esa qayta ishlanmaydigan chiqindilar (oyoq kiyimlari, salfetkalar, pamperslar) uchun mo‘ljallangan.
Chiqindilarni olib ketish uchun haftasiga ikki marotaba rangli yashil va kulrang-sariq stikerlarli mashinalar keladi (yozda ko‘proq keladi). Ushbu maqsadda "Maxsustrans" OTTB grant mablag‘lari hisobidan 59 ta yangi maxsus mashinalarini xarid qildi va ularga hozirgi kunda stikerlar yopishtirilmoqda. Saralagan holda chiqindilarni yig‘ishni rag‘batlantirish uchun oilalarga QMChni olib chiqish uchun to‘lov tarifi pasaytiriladi.
Tajriba uchun tanlangan mahallalar aholisiga QMChni saralash zaruriyati haqidagi axborotni yetkazish tadbirlari ko‘rib chiqilmoqda. Maktablar va mahalla qo‘mitalarida muvofiq mavzudagi ma’ruzalar, qiziqarli darslar, konsertlar va kichik hasharlar tashkil etilishi kutilmoqda.
Yangiliklar lentasi
0