“UzAirways” onlayn ro‘yxatdan o‘tish xizmatini yo‘lga qo‘ydi

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovBoeing 767 uzbekskix avialiniy
Boeing 767 uzbekskix avialiniy - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 01.03.2021
Obuna bo‘lish
Onlayn ro‘yxatdan o‘tish uchun aviakompaniya sahifasidagi “Ro‘yxatdan o‘tish” tugmasini bosish kerak. Bu ham vaqtni tejashi, ham pandemiya sharoitida muloqotni kamaytirishi aytilmoqda.
TOShKENT, 1 mar — Sputnik. “Uzbekistan Airways” AJ 2021-yil 1-martdan boshlab mahalliy qatnovlariga onlayn ro‘yxatdan o‘tish xizmatini ishga tushirdi. Bu haqda kompaniya matbuot xizmati xabar qilmoqda.
Ta’kidlanishicha, bu aeroportdagi ro‘yxatdan o‘tish punktida navbatda turmaslik va samolyot bortida kerakli joyni tanlash imkoniyatini beradi.
“Onlayn ro‘yxatdan o‘tish parvozdan 24 soat oldin ochiladi va 120 daqiqa oldin yopiladi”, - deyilgan xabarda.
Onlayn ro‘yxatdan o‘tish uchun aviakompaniya sahifasidagi “Ro‘yxatdan o‘tish” tugmasini bosish kerak.
Yangiliklar lentasi
0