“Zakovat” klubining ilk kastingi qanday o‘tdi

© Press-slujba Intellektualnogo fonda "Zakovat" / Mukhitdin AleeV ledovom dvorse "Xumo Arena" sostoyalos torjestvennoe otkritie turnira "Zakovat"
V ledovom dvorse Xumo Arena sostoyalos torjestvennoe otkritie turnira Zakovat - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 02.03.2021
Obuna bo‘lish
Humo Arena saroyida “Zakovat” intellektual klubi a’zoligiga Toshkent viloyati va shahridan ariza topshirganlar uchun kasting o‘tkazildi.
TOShKENT, 2 mar — Sputnik. 28-fevral kuni Humo Arena saroyida “Zakovat” intellektual klubi a’zoligiga Toshkent viloyati va shahridan ariza topshirganlar uchun kasting o‘tkazildi.
© Press-slujba Intellektualnogo fonda "Zakovat" / Mukhitdin AleeV Ledovom dvorse "Xumo Arena" sostoyalos torjestvennoe otkritie turnira "Zakovat"
V Ledovom dvorse Xumo Arena sostoyalos torjestvennoe otkritie turnira Zakovat - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 09.03.2021
“Zakovat” intellektual klubiga a’zo bo‘lish uchun ariza berganlar soni 13 mingdan oshgan. Ularning 11 111 nafari yakka tartibda ariza topshirganlar bo‘lsa, 1 932 kishi 322 ta jamoaga birlashgan holda ro‘yxatdan o‘tgan. Toshkent viloyati va shahrida kasting uchun ham minglab yoshlar yig‘ildi.
© Press-slujba Intellektualnogo fonda "Zakovat" / Mukhitdin AleeV Ledovom dvorse "Xumo Arena" sostoyalos torjestvennoe otkritie turnira "Zakovat"
V Ledovom dvorse Xumo Arena sostoyalos torjestvennoe otkritie turnira Zakovat - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 09.03.2021
Kasting boshlanishida Milliy mass-mediani qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish jamoat fondi raisi Komil Allamjonov ham so‘zga chiqib, yoshlarga omad tiladi.
“Men klubimizning har bir a’zosini olamga keng qarashga, ulkan maqsadlar qo‘yib, ular sari intilishga, o‘z ustida ishlashga, orzularini cheklamaslikka, hech qachon taslim bo‘lmaslikka va hech kimga, ilm yo‘lidagi shahdingizni so‘ndirmoqchi bo‘lgan hech kimga quloq solmaslikka chaqiraman”,- dedi Komil Allamjonov.
Fond raisi o‘rinbosari Saida Mirziyoyeva ham so‘zga chiqib, klubga a’zo bo‘lgan xotin-qizlarni tabrikladi, ularni faol bo‘lishga chaqirdi.
“Xotin-qizlarimiz qanchalik faol, ilm-fan, madaniyat va tadbirkorlikka, siyosiy jarayonlarga qancha ko‘p hissa qo‘shadigan bo‘lsa, yurtimizda baxtli va hayotidan mamnun ayollar shuncha ko‘p bo‘ladi. Aminmanki, xonadonida namunali beka, pazanda opa-singillarimiz o‘zlarini ilm maydonida ham bemalol namoyon qila oladilar”, - dedi Saida Mirziyoyeva o‘z nutqida.
“Zakovat” turnirlari uchun 1 mlrd 690 mln so‘m ajratilgan. Toshkent shahri va viloyati o‘yinlari uchun ajratilgan yutuq fondi esa 130 million so‘m. Ajratilgan mablag‘ breyn-ring tanlovlari tashkil etilib, unda g‘olib bo‘lgan jamoalarga taqdim etiladi.
© Press-slujba Intellektualnogo fonda "Zakovat" / Mukhitdin AleeV Ledovom dvorse "Xumo Arena" sostoyalos torjestvennoe otkritie turnira "Zakovat"
V Ledovom dvorse Xumo Arena sostoyalos torjestvennoe otkritie turnira Zakovat - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 09.03.2021
Yangiliklar lentasi
0