Fuqarolardan kelib tushayotgan koʻplab talab-istaklarni inobatga olgan holda ishtirokchilarni roʻyxatga olish muddati 13 yanvardan 15 yanvargacha uzaytirildi
Ushbu mahsulotlar "Oʻzelektoapparat" zavodida ishlab chiqarilmoqda
Toshkent — Bishkek — Toshkent reysi seshanba va payshanba kunlari A320 samolyotlarida amalga oshiriladi
Uchrashuv davomida savdo cheklovlarini bartaraf qilish bilan bogʻliq masalalar, fuqarolarning harakatini soddalashtirish, tovarlarni tashish uchun taʼriflarni kamaytirish, ikki mamlakatni bogʻlab turuvchi mavjud yoʻllarni reabilitatsiya qilish, davlat chegaralari bilan bogʻliq koʻplab masalalar boʻyicha kelishib olindi
Muddatli harbiy xizmatga toʻsqinlik qiluvchi kasalliklar va jismoniy nuqsonlar roʻyxatiga jami 96 kasallik va nuqsonlar kiritilgan
Dasturga muvofiq Oʻzbekiston prezidentining yangilangan Virtual qabulxonasi dasturiy taʼminoti takomillashtirilib, unda aholiga toʻgʻridan-toʻgʻri onlayn maslahatlar berish imkoniyati yaratiladi
Shavkat Mirziyoyev harbiy qismdagi sharoitlar bilan tanishib, munosib xizmat qilgan harbiylarga barcha sharoitlar yaratish, ularni uy-joy, avtomashina bilan taʼminlash boʻyicha topshiriq berdi
Faoliyati davomida 8 mingdan ortiq murakkab amaliyotlarni muvaffaqiyatli oʻtkazgan Yun Tek Rim Janubiy Koreyada bir necha marotaba eng yaxshi jarroh sifatida eʼtirof etilgan
Dasturga asosan, fuqarolarni doimiy va vaqtincha roʻyxatga qoʻyish (hisobga olish) tartibini soddalashtirish, ularning mamlakat hududida erkin harakatlanish hamda mehnat qilish huquqlari taʼminlanishi kutilyapti
Gidrometeorologiya xizmati markazi 11,12 va 14 yanvar kunlari "Toshkent-Oʻsh" avtomobil yoʻlining Qamchiq dovonidan oʻtgan qismida ob-havo sharoitining keskin oʻzgarishi haqida maʼlum qilgandi
Ishchi guruhning uchrashuvi bugun Tojikiston bosh vaziri Qohir Rasulzoda va Oʻzbekiston bosh vaziri Abdulla Aripov raisligi ostida Tojikiston—Oʻzbekiston hukumatlararo komissiyasining majlisi doirasida davom etadi
Unga koʻra, aholining real daromadlari, ish haqi, pensiyalar, nafaqalar va boshqa toʻlovlar miqdorining,shu jumladan hududlar kesimida "yashash minimumi" va "isteʼmol savatchasi"ga mutanosibligi taʼminlanadi
Loyihaga koʻra, pasport tizimi boʻyicha yangi tartib 2018 yil 1 iyuldan kuchga kirishi belgilangan
Qoʻshimcha reyslar 9 yanvardan 12 yanvargacha Toshkentdan, 10 yanvardan 13 yanvargacha Andijondan joʻnab ketadi
Bir litr Ai-95 markali benzin va dizel yonilgʻisining narxi 8,5 ming, Ai-98 benzinining narxi esa 9 ming soʻmni tashkil etadi
Mehnat vazirligi 2018 yilga katta rejalar bilan kirib kelmoqda. Vazirlik joriy yil uchun oʻz Dastur loyihasini eʼlon qildi: unga koʻra, ishsizlar sonini kamaytirish, kam taʼminlangan ayollarga yordam koʻrsatish va malakali kadrlarni Oʻzbekistonda qoldirish masalalari boʻyicha vazifalar belgilangan
"Milliy Internet orqali taklif etiladigan xizmatlar doirasi juda cheklangani sababli, aholining aksariyat qismi Internetdan faqat "Telegram"da yozishma uchun foydalanadi, xolos", dedi Shavkat Mirziyoyev
Jastin Ifu Lin 2008 yilda Jahon bankining bosh iqtisodchisi va vitse-prezidenti etib tayinlangan
Yangi temiryoʻl yuklarni Xitoydan Sharqiy Yevropa va Yaqin Sharq mamlakatlariga yetkazib beruvchi eng qisqa yoʻl boʻladi: masofa 900 kilometrga, muddat esa – 7-8 sutkaga qisqaradi.
Oʻtgan yilda, oziq-ovqat mahsulotlari narxi oʻrtacha 15,9 %ga oshib, umumiy inflyatsiya miqdoriga eng katta bosim koʻrsatgan omil boʻlgan.