O‘zbek bokschisi Xurshid Tojiboyev APB versiyasi bo‘yicha chempion bo‘ldi.

© Karim PulatxanovXurshid Tojibayev va Berik Abdraxmanov - APB chempionlik kamari uchun jang
Xurshid Tojibayev va Berik Abdraxmanov - APB chempionlik kamari uchun jang - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Toshkentda 60 kg vazn tiofasi bo‘yicha ARV (AIBA boxing) turnirining birinchi bosqichi o‘tkazildi.

Toshkent, 20 sen — Sputnik. O‘zbek bokschisi Xurshid Tojiboyev Qozog‘istonlik Berik Abdurahmonovni yengib ARV assotsatsiyasining chempionlik kamarini qo‘lga kiritdi, O‘zbekiston boks Federatsiyasi xabari asosida.

Musoboqa O‘zbekiston boks Federatsiyasi hamda O‘zbekiston Respublikasining Sport ishlari bo‘yicha madaniyat vazirligi, O‘zbekiston Milliy olimpiada qo‘mitasi va Xalqaro boks ishqibozlari assotsatsiyasi — (AIBA) hamkorligida o‘tkazildi.

Titul uchun bo‘lgan jangda Tojiboyev ARV chempionlik kamarini himoya qilish uchun 60 kg vanzlilar orasida Qozog‘istonlik Berik Abdurahmonovga qarshi ringga chiqdi. Raqiblar 2015-yilning qishida uchrashgan edi va o‘shanda Qozog‘istonlik sportchi g‘alabaga erishgandi.

O‘zbekiston milliy olimpiada komiteti vakili Farxod Turdiyev jang oldidan bergan izohida, ikkala sportchi ham yaxshi tayyorgarlik ko‘rganligini va APB belbog‘i uchun bo‘lajak jangda bor kuchlari bilan kurashishini aytdi.

Jang paytida raqiblar juda tez va ustalik bilan harakat qiltshdi. Jang oxiriga yetay deganda qatnashchilar charchrganligi sezildi. Qatnashchilarning yaxshi tayyogarlik ko‘rganligiga qaramasdan, O‘zbekistonlik Xurshid  ochkolar bo‘yicha oldinda bordi. U faqatgina bir raundni raqibiga boy berdi.

Tojiboyev o‘zining texnikasi  jismoniy tayyorgarligi va tanlagan taktikasi bilan vaqti vaqti bilan himoyani yo‘qotgan, ba’zan jang usuliga vaqtida moslasha olmagan qozog‘istonlik raqib  ustidan g‘alabani qo‘lga kiritdi. Oxirgi hisob bo‘yicha sudalar bir ovozdan Xurshid Tojiboyevni g‘olib deb topishdi. U yarim professional boks kamarini qo‘lga kiritdi.

“Men bu yakkama yakka bo‘lgan jangda g‘alaba qozonganimdan mamnunman. Bu match-revanshda g‘alaba qozonmaslikni iloji yo‘q edi. Ustoz va murabbiylarimga, hamda ishqibozlarimga rahmat. Ular meni bugun juda yaxshi qo‘llab-quvvatlashdi”, —  dedi jurnalistlar bilan bo‘lgan suhbatda Xurshid Tojiboyev.

Xalqaro Havaskor boks assatsatsiyasi (AIBA) prezidenti Ching Kuo VU so‘zlariga qaraganda bu g‘alaba O‘zbekiston uchun jahon maydonida yangi imkoniyatlar yaratadi.

Ushbu uchrashuv bilan bir paytda reyting ochkolar uchun yana uchta jang bo‘lib o‘tdi. 75 kg vazn toifasida Ulugbek Xaqberdiyev ruminyalik Nechita Lazar-Loanni nokaut bilan yengdi. 81 kg gacha bo‘lganlar orasida Shuxrat Abdullayev yana bir Ruminyalik bokschi Bibirisia Mardjianu Aleksandrni nokaut qildi.

Uchinchi 91 kg vaznlilar orasida Ulug‘bek Mubinov Serbiyalik raqibiMilitin Stankovichga imkoniyat qoldirmadi 3:0.

Yangiliklar lentasi
0