07:38 04 Iyun 2020
Efir
  • RUB121.10
  • EUR10637.67
  • USD9554.22
Sport
Havola olish
42524

Oʻzbekiston Bahraynni 4:0 hisobda yengib guruhda 2chi oʻringa chiqdi.

TOSHKENT, 9 okt – Sputnik. Kecha Bahraynda boʻlib oʻtgan JCH-2018 saralovchi oʻyinida Oʻzbekiston jamoasi Bahraynni yirik hisob bilan yengdi.

Biririnchi taymda jamoalar faol xarakatiga qaramay, oʻyin koʻproq maydon markazida boʻlib oʻtdi. Ikkala darvoza yaqinida ham bir-ikki xavfli vaziyatlar boʻldi. Bir narsani aniq aytish mumkin ediki, mezbon jamoa juda qoʻpol oʻyin olib bordi — 8 marta fol oldi. Mehmonni ham shunaqa kutib oladimi…

Umuman birinchi taymda esda qolarli yagona vaziyat 35 minutda boʻldi. Toʻp Odilda, Odil Sardorga uzatdi, Sardor yana Odilga, Odil Serverga, Server darvozaga yoʻlladi. Lekin uning zarbasini darvozabon qaytardi. Toʻp Bikmayev ogʻi ostiga kelib tushdi, lekin uning zarbasi biroz noaniq boʻldi, yumshoq qilib aytganda…

Tanaffus paytida Babayan yangi strategiya ishlatishga qaror qildi shekilli, Oʻzbekiston jamoasi ikkinchi taymda birin ketin samarali hujumlar oʻtkaza boshladi. Natijada 52 minutda Sergeyev jarma tupidan keyin hisobni ochdi.Gool! Birinchi goldan ilhomlanib ketgan jamoa hujumni yanada kuchaytirdi. 56 minut, toʻpni Server Odilga uzatdi, toʻp biror noqulay kelib tushgan boʻlsada, Odil uni toʻppa-toʻgʻri darvozaga yoʻladi. Gool! 2:0. 67 minutda Sardor Rashidov toʻpni darvozaning uzoqdagi burchagiga aniq yoʻlladi. Darvozabon uni tuta olmadi. Natijada yana bir goool!!!  

Oʻzbekiston jamoasida oʻzgarishlar boʻldi, maydonga Hasanov va Shomurodovlar tushishdi. Ular yangi kuch va yangi gʻayrat bilan hujumni boshlashdi. 95 minutda Shomurodov Hasanov uzatgan toʻpni darvozaga aniq yoʻladi va gool! Ana endi hisob 4:0, haqiqiy gʻalaba!

Shunday qilib Oʻzbekiston jamoasi JCH-2018 turniri saralovchi oʻyinlarida oʻz guruhida 9 ochko bilan ikkinchi oʻringa chiqdi. Birinchi oʻrinda Shimoliy Koreya.

Asosiy mavzular