07:19 04 Iyun 2020
Efir
  • RUB121.10
  • EUR10637.67
  • USD9554.22
Sport
Havola olish
48224

Oltin medal uchun birdaniga uch oʻzbek bokseri kurashadi – Murodjon Axmadaliyev, Fazliddin Gʻoyibnazarov va Bektemir Meliqoʻziyev. Ular finalda Irlandiya va Kubaliklar bilan uchrashadi.

TOSHKENT, 12 okt — Sputnik. Qatar poytaxtida oʻtkazilayotgan boks boʻyicha Jahon Chempionati finaliga uch oʻzbek sportchisi chiqdi. Murodjon Axmadaliyev, Fazliddin Gʻoyibnazarov va Bektemir Meliqoʻziyevlar yarim finalda raqiblarini yengib keyingi bosqichga oʻtdi, deyilgan musobaqa rasmiy saytida.

Yakshanba kuni boʻlib oʻtgan jangda, 56kg vazn toifasida qatnashayotgan Axadaliyev Hindistonlik Txapu Shivani 3:0 hisobida yengdi. 64 kg vazn toifasida qatnashayotgan Gʻoyibnazarov Tailandlik Vuttichai Masukani xuddi shunaqa, 3:0 hisob bilan yengdi. 75 kg vazn toifasida qatnashayotgan Meliqoʻziyev Irlandiyalik Mayklom O'raylni 2:1 hisobda yengdi.

Finalda Axmadaliyev Irlandiyalik Maykl Konlan, Gʻoyibnazarov Kubalik Yasniera Toledo va Meliqoʻziyev ham Kubalik Arlenu Lopesu bilan bellashadi.

Bugun, dushanba kuni, finalga chiqish uchun yana uch Oʻzbekistonlik sportchilar bellashuv oʻtkazadi: Elnur Abduraimov (60kg), Elshod Rasulov (81kg), Bahodir Jalolov (91kg).  

Asosiy mavzular