21:12 24 Aprel 2018
Efir
Shaxmat boʻyicha oʻquvchilar oʻrtasida jahon chempionati

Oʻzbekistonlik yosh shaxmatchilar jahonda tengsiz ekanliklarini koʻrsatishmoqda

© uzchess.uz
Sport
Havola olish
25421

Yetti yoshgacha boʻlgan qizlar oʻrtasida Afruza Hamdamova yuz foizlik natija bilan birinchi oʻrinda bormoqda

TOSHKENT, 7 dek – Sputnik. Sochi shahrida boʻlib oʻtayotgan shaxmat boʻyicha maktab oʻquvchilari oʻrtasidagi jahon chempionatida oʻzbekistonlik iqtidor egalari oʻzlarining nimalarga qodir ekanliklarini koʻrsatishmoqda.

Oʻzbekiston shaxmat federatsiyasining maʼlum qilishicha, World Schools Blitz musobaqalarida 19 davlatdan 190 nafar oʻquvchi kuch sinashdi. Musobaqalarda uch oʻquvchi birorta ham partiyani yutqazmasdan 6,5 ochkodan jamgʻarishdi. Qoʻshimcha koʻrsatkichlarga koʻra, 1-oʻrinni turnir favoriti, FIDE ustasi Nodirbek Abdusattorov, ikkinchi oʻrinni turkiyalik oʻquvchi Ozen Bahadir va uchinchi oʻrinni yana bir oʻzbekistonlik Nodirbek Yaqubboyev egalladi.

Toʻrt tur natijasiga koʻra, 7 yoshgacha boʻlgan qizlar oʻrtasida Afruza Hamdamova yuz foizlik natija bilan birinchi oʻrinda bormoqda.

Turnir po shaxmatam
Shaxmat boʻyicha oʻquvchilar oʻrtasida jahon chempionati

7 yoshgacha boʻlgan bolalar oʻrtasida Humoyun Begmurotov va Humoyun Sindorovlar 1-2-oʻrinlarni egallab turishibdi. Ular beshinchi turda bir-birlariga qarshi dona surishadi.

Uchinchi oʻrinda esa oʻzbekistonlik yana bir bolakay Alixon Avazxonov joylashgan.

Oʻz guruhlarida sovrinli oʻrinlarni egallash uchun Odina Olimova, Nozima Valiyeva (7 yoshgacha qizlar), Shaxrombek Karimov va Rofiqjon Usmonov (7 yoshgacha oʻgʻil bolalar), Abdulbosit Sharifjonov, Sulton Tursunov (9 yoshgacha oʻgʻil bolalar), Umida Omonova (11 yoshgacha qizlar), Javohir Sindorov, Olmos Rahmatullayev (11 yoshgacha oʻgʻil bolalar), Dilbar Hamroyeva (13 yoshgacha qizlar) va Asal Salimova (15 yoshgacha qizlar) kurash olib borishadi.

8 dekabr kuni yosh shaxmatchilar beshinchi turda kuch sinashadilar.

Asosiy mavzular