Yosh gimnastikachilar Lyuksemburgda 4 medal sohibi bo‘lishdi

© Federatsiya gimnastiki UzbekistaneLyuksemburgda ishtirok etgan o‘zbekistonlik gimnastikachilar
Lyuksemburgda ishtirok etgan o‘zbekistonlik gimnastikachilar - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘smirlar orasida Lola Zakirova i bronza medali, Tatana Kim esa "Miss Artistizm" maxsus unvoni va bronza medali sohibi bo‘ldi.

TOShKENT, 18 dek — Sputnik. Lyuksemburgda bo‘lib o‘tgan LUXEMBOURG CUP-2016 badiiy gimnastika bo‘yicha xalqaro turnirda 26 mamlkatdan 200 ginastikachi ishtirok etdi deb xabar qilmoqda O‘zbekiston Gimnastika federatsiyasi.

Lola Zakirova o‘smirlar orasida ikki gardish (obruch) yordamida bajariladigan mashg‘ulotlarda 15,13 ball to‘pladi, to‘p bilan bajariladigan mashqlarda esa — 15,4  ball natija bilan bronza medali sohibi bo‘ldi.

Tatyana Kim esa, "Miss Artistizm" unvoni va bronza medali sohibi bo‘ldi va gardish bilan bajariladigan mashqlarda 16,60 ball, cho‘qmor (bulava) bilan bajariladigan mashqlarda esa — 17,4 ball to‘pladi.

Musobaqada qatnashgan O‘zbekiston, Ozarbayjon, Belarussiya, Belgiya, Velikobritaniya, Germaniya, Gruziya, Misr, Isroil, Irlandiya, Italiya, Qozog‘iston, Kipr, Qirg‘iziston, Latviya, Litva, Lyuksemburg, Moldaviya, Niderland, Rossiya, Slovakiya, Sloveniya, Ukraina, Fransiya va Estoniyalik yosh sportchilar orasida raqobat juda kuchli bo‘ldi.  

Lekin, shunga qaramasdan O‘zbekistonlik sportchilar diqqatini jam qilib, musobaqalarda muvaffaqiyatli ishtirok etishdi.

Eslatib o‘tamiz, bundan oldin o‘zbekistonlik gimnastikachilar Germaniyada bo‘lib o‘tgan ochiq xalqaro turnirdan 10ta medal bilan qaytishgan edi.

Yangiliklar lentasi
0