Futbol: O‘zbekiston – Gruziya 2:2

© fotoliaFutbol to‘pi
Futbol to‘pi - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Dubayda bo‘lib o‘tgan O‘zbekiston va Gruziya terma jamoalari o‘rtoqlik uchrashuvi durang natija bilan yakunlandi.

TOShKENT, 23 yanv — Sputnik. Futbol bo‘yicha O‘zbekiston va Gruziya terma jamoalari o‘rtoqlik uchrashuvi 2:2 hisobida yakunlandi, deb yozadi R-Sport nashri.

Dushanba 23-yanvar kuni Dubayda bo‘lib o‘tgan uchrashuv 2:2 natija bilan yakunlandi. O‘zbek futbolchilaridan Eldor Shomurodov 45 va 78 daqiqalarda dubl amalga oshirdi.

Gruziya jamoasidan esa ushbu zarbalarga Teymuraz Shonii 69 daqiqada va Sabi Lobjanidzelar 77 daqiqada javob qaytarishdi.

O‘yinning 89 daqiqasida O‘zbekiston jamoasi vakili Azimjon Axmedov qizil kartochka oldi.

Yangiliklar lentasi
0