21:12 24 Aprel 2018
Efir
Sarvinoz Qurbonboyeva

Oʻzbekistonlik qiz Yevrosiyoning eng goʻzal shaxmatchisi nomi uchun kurashmoqda

© chess.pw
Sport
Havola olish
21231

Miss Chess Eurasia-2017 soʻrovnomasi 9 kundan soʻng yakunlanadi

TOSHKENT, 24 yanv — Sputnik. Yaqinda oʻzbekistonlik grossmeyster Gulruhbegim Tohirjonova chess.pw sayti tomonidan oʻtkazilgan MDHning eng goʻzal shaxmatchi qizi tanlovida gʻoliblikni qoʻlga kiritgandi. Mazkur sayt endi Yevrosiyoning 2017 yildagi eng goʻzal shaxmatchisini aniqlashga kirishdi.

Daʼvogarlar orasida oʻzbekistonlik Sarvinoz Qurbonboyeva ham bor. Xabar saytga joylanayotgan vaqtda u 137 ovoz bilan bilan uchinchi oʻrinda edi. Birinchi oʻrinda esa tojikistonlik Mutriba Xotamiy bormoqda.

Miss Chess Eurasia-2017 soʻrovnomasi 9 kundan soʻng yakunlanadi. Ushbu havola orqali Sarvinoz Qurbonboyevaga ovoz berishingiz mumkin.

Asosiy mavzular