9 jang - 9 nokaut: Shohjahon Ergashev

© ok.ruShoxjahon Ergashev
Shoxjahon Ergashev - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘zbekistonlik professional bokschi Shohjahon Ergashev Afrika chempioni Hamza Sempevoni 1 raunddayoq nokdaun qildi.

TOShKENT, 26 mar — Sputnik. "Nokautchi bokser" nomini olgan O‘zbekistonlik professional bokschi Shohjahon Ergashev to‘qqizinchi jangni ham muddatidan oldin yakunladi, deb xabar qilmoqda Olamsport nashri.

Rossiyaning Sankt-Peterburg shahrida o‘tkazilgan jangda Shohjahon Xamza Sempevoni 1 raunddayoq mag‘lubiyatga uchratdi. Aytib o‘tish kerak-ki, Xamza Sempevo Rossiya professional ringiga Afrika chempioni sifatida yetib kelgan.

Shu kunga qadar Shohjahon Ergashev professional ringda 8 ta jang o‘tkazib, ularning barchasida raqiblarini muddatidan olding nokaut yoki nokdaunga uchratgan edi.

Ushbu jangdan biroz oldin, Shohjahon o‘zining "Odnoklasniki" ijtimoiy  tarmog‘idagi sahifasida quyidagi izohni qoldirgan edi.

"Assalomu alekum barcha Mani kollab kuvvatlab turgan vatandoshlar sizlardan judaxam xursandman oila azolarim dadam onam xoji otam xoji onam akam Jasurbek doim kollab Mani kuvvatlab turdilar keyingi boy 25-mart kuniga belgilandi xamurtlar duo kililar Yevropa Kamarini vatanimizga olib ketaman xudo xolasa".

Yangiliklar lentasi
0