O‘zbekiston tarixida birinchi marta futbol telekanali ishga tushirildi

© AFP 2023 / JUNG YEON-JEOdil Ahmedov Janubiy Koreya termasi bilan o‘yinda
Odil Ahmedov Janubiy Koreya termasi bilan o‘yinda - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Tashabbuskorlar so‘zlariga ko‘ra, sinov jarayoni davomida "Futbol TV" sutkasiga 12 soat, 14.00dan 03.00ga qadar faoliyat yuritadi. Test jarayoni muvaffaqiyatli yakun topsa u 24 soatlik ish tartibiga o‘tkaziladi

TOShKENT, 24 apr — Sputnik. Kuni kecha, ya’ni 23-aprel kuni O‘zbekiston tarixida birinchi marta maxsus ixtisoslashtirilgan futbol telekanali — "Futbol TV" ishga tushirildi, deb xabar qilmoqda Sputnik O‘zbekiston muxbiri.

Karton figurkasi - Sputnik O‘zbekiston
Bu futbolmi yo... Millionlar o‘yini ishqibozlari portalga shikoyat yozmoqchi
Kanalda birinchi bo‘lib Ispaniya chempionatining 33 turi — "Real"-"Barselona" uchrashuvi namoyish qilingan. Yangi telekanal tashabbuskori axborot jurnalistikasida ixtisoslashgan Uzreport TV, deb xabar qilmoqda muxbir.

Tashabbuskorlar so‘zlariga ko‘ra, sinov jarayoni davomida "Futbol TV" sutkasiga 12 soat — 14.00dan 03.00ga qadar faoliyat yuritadi. Test jarayoni muvaffaqiyatli yakunlansa, u 24 soatlik ish tartibiga o‘tkaziladi.

"Futbol-TV"da to‘g‘ridan-to‘g‘ri futbol translyatsiyalaridan tashqari, eng qizg‘in kechgan uchrashuvlar takroran namoyish etilishi aytilmoqda. Bundan tashqari, ayni vaqtda futbol haqida ko‘rsatuvlar ustida ish olib borilib, sport haqida hujjatli filmlar tayyorlanayotgani ta’kidlanmoqda.

 

Yangiliklar lentasi
0