Ruslan Chagayev: Meni jahonga tanitgan ona yurtimga va xalqimga doimo ta’zimdaman

© Sputnik / Said Sarnayev / Mediabankka o‘tishBokser Ruslan Chagayev
Bokser Ruslan Chagayev - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Ruslan Chagayev Andijon olimpiya zaxiralari kollejida bo‘ldi

TOShKENT, 7-may — Sputnik. Professional boks bo‘yicha sobiq jahon chempioni Ruslan Chagayev O‘zbekistonga tashrif buyurgani haqida xabar bergandik. Kuni kecha u Andijon olimpiya zaxiralari kollejida bo‘ldi.

Ruslan Chagayev i Glava Chechenskoy Respubliki Ramzan Kadirov - Sputnik O‘zbekiston
Ruslan Chagayev O‘zbekistonga keldi

9 may — Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan Andijon viloyatidagi harbiy qismlar va huquqni muhofaza qilish idoralari maxsus bo‘limlaridan iborat jamoalar o‘rtasida xizmat uchkurashi bo‘yicha viloyat chempionati bo‘lib o‘tdi. Bu haqda Andijon viloyati hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.

Andijon olimpiya zaxiralari kollejida bo‘lib o‘tgan taqdirlash marosimida g‘olib va sovrindorlarga tashkilotchilarning diplom, medal va qimmatbaho sovg‘alari viloyat hokimi Shuhratbek Abdurahmonov va taniqli bokschi Ruslan Chagayev tomonidan tantanali tarzda topshirildi.

© andijan.uzRuslan Chagayev Andijon olimpiya zaxiralari kollejida bo‘ldi
Ruslan Chagayev v Andijane  - Sputnik O‘zbekiston
Ruslan Chagayev Andijon olimpiya zaxiralari kollejida bo‘ldi

Viloyat hokimi Shuhratbek Abdurahmonov tadbirda ishtirok etgan boks bo‘yicha sobiq jahon chempioni, andijonlik Ruslan Chagayevga milliy to‘n va do‘ppi kiydirdi.

"Men mana shu yurtda unib-o‘sib, muvaffaqiyatlarga erishganimdan doimo faxrlanaman. Meni jahonga tanitgan ona yurtimga va xalqimga doimo ta’zimdaman", — dedi Ruslan Chagayev.

Bizning Telegramdagi o‘zbekcha kanalimizga obuna bo‘ling va eng yangi xabarlarni birinchi bo‘lib o‘qing.

Yangiliklar lentasi
0