O‘zbekistondagi xususiy futbol klubi yopilmoqda

© fotoliaFutbolniy mach
Futbolniy mach - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Xususiy klub bo‘lgan "Obod" 2013-yilda tashkil etilgan bo‘lib, o‘tgan yili oliy ligada debut qilgandi

TOShKENT, 5-iyul — Sputnik. "Obod" futbol klubi rahbariyati klub yopilishini ma’lum qildi, deb xabar bermoqda championat.asia.

Xabarda aytilishicha, kuni kecha klub rahbariyati futbolchilarni yig‘ib majlis o‘tkazdi. Unda klub faoliyati tugatilayotgani e’lon qilindi. Futbolchilar o‘zlariga yangi jamoa qidirishni boshlab yuborishdi.

Eslatib o‘tamiz, xususiy klub bo‘lgan "Obod" 2013-yilda tashkil etilgan bo‘lib, o‘tgan yili oliy ligada debut qilgandi.

Ayni paytda jamoa 15-turdan so‘ng 9 ochko bilan musobaqa jadvalining eng so‘nggi, 16-pog‘onasida bormoqda.

Yangiliklar lentasi
0