11:47 17 Iyul 2019
Efir
  • RUB136.34
  • EUR9673.87
  • USD8584.50
Futbolnыy klub Paxtakor

"Paxtakor" braziliyalik futbolchi bilan shartnoma imzolaydi

© Futbolnыy klub "Paxtakor"
Sport
Havola olish
379 0 0

Shuningdek, isroillik Gidi Kanyuk, oʻzbekistonlik oʻyinchilar Sherzod Aʼzamov va Eldor Suyunov bilan shartnoma imzolanadi

TOSHKENT, 7 iyul — Sputnik. Toshkentning "Paxtakor" klubi braziliyalik futbolchi Tiago Bezerra bilan shartnoma imzolaydi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar bermoqda.

Xabarga koʻra, "Paxtakor" futbol klubi barcha OAV vakillarini 11 iyul kuni boʻlib oʻtadigan matbuot anjumaniga taklif qiladi.

Matbuot anjumanida jamoaga taklif etilgan yangi futbolchilar — braziliyalik Tiago Bezerra, isroillik Gidi Kanyuk, oʻzbekistonlik oʻyinchilar Sherzod Aʼzamov va Eldor Suyunov bilan shartnoma imzolanadi hamda ular ishtirokida matbuot anjumani oʻtkaziladi.

Tadbirda "Paxtakor" futbol klubi rahbariyati va yaqinda bosh murabbiylik kursisiga oʻtirgan Shota Arveladze ham ishtirok etadi.

Eslatib oʻtamiz, "Paxtakor" hozirda Oʻzbekiston chempionatida 15 oʻyindan soʻng 24 ochko toʻplab 5-oʻrinda bormoqda.

Asosiy mavzular