00:41 19 Iyun 2019
Efir
  • RUB132.57
  • EUR9566.00
  • USD8535.74
Stadion Paxtakor

"Paxtakor" stadioni oʻrnida yangi stadion quriladi

© Sputnik / Papikyan
Sport
Havola olish
210460

U mamlakatdagi eng zamonaviy texnologiyalar asosida qurilgan, usti toʻliq yopiluvchi ikkinchi stadionga aylanadi

TOSHKENT, 11 iyul — Sputnik. "Paxtakor" futbol klubining stadioni buzib tashlanib, ikki yil ichida uning oʻrnida yangi stadion quriladi. Bu haqda klub prezidenti Bobur Shodiyevga asoslanib Podrobno.uz xabar qildi.

Shodiyevning soʻzlariga koʻra, yangi stadion 30 ming nafargacha muxlisni oʻz bagʻriga sigʻdira oladi. U eng zamonaviy texnologiyalar asosida qurilgan, mamlakatdagi usti toʻliq yopiluvchi ikkinchi stadionga aylanadi.

"Loyiha tayyorlab qoʻyilgan va yaqin orada hukumatga taqdim etiladi. Oʻylashimcha, ushbu loyiha qoʻllab-quvvatlanadi. Moliyaviy taʼminotimiz mavjud, loyihaning taxminiy qiymati aniq boʻlgan, hozirda texnik holatlar ustida ishlayapmiz", – dedi Shodiyev.

U loyihaning qiymati haqida maʼlumot bermadi.

Klub matbuot xizmati esa "Paxtakor"2018 yil oxiriga qadar "Jar" sport majmuasini ijaraga olganini maʼlum qildi. Jamoaning asosiy mashgʻulotlari "Jar" stadionida oʻtkaziladi.

"Paxtakor" stadioni 1956 yilda qurib bitkazilgan boʻlib, unga 35 ming tomoshabin sigʻadi.

Asosiy mavzular