Konstantin Genich: "O‘zbekiston JChga chiqsa, mundialdagi o‘yinlarini o‘zim sharhlayman"

© Sputnik / Vasiliy PonomarevTelekommentator Konstantin Genich
Telekommentator Konstantin Genich - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Bugun bo‘lib o‘tadigan O‘zbekiston-Janubiy Koreya uchrashuvini Konstantin Genich sharhlab boradi

TOShKENT, 5 sen — Sputnik. Bugun O‘zbekiston MTRK Media-markazi binosida "Match TV" telekanali sharhlovchisi Konstantin Genich, "Sport" va "O‘zbekiston24" telekanallari xodimlari ishtirokida ijodiy uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Bu haqda uzbekistan24.uz xabar bermoqda.

Oleg Dmitriyev - Sputnik O‘zbekiston
Oleg Dmitriyev: Koreyaliklarni yutish uchun katta tezlikda o‘ynash kerak

Uchrashuvda o‘zbek va rus sharhlovchilari o‘zaro tajriba va malaka almashishdi.

— Agar bugun O‘zbekiston milliy terma jamoasi jahon chempionati yo‘llanmasini qo‘lga kiritsa, 2018-yilgi mundialda Vataningiz termasi ishtirokidagi o‘yinlarni o‘zim sharhlashni rahbariyatdan so‘rayman, — dedi Genich.

Genich O‘zbekiston terma jamoasiga JCh-2018 saralashidagi so‘nggi o‘yinda omad tiladi.

Eslatib o‘tamiz, bugun bo‘lib o‘tadigan O‘zbekiston-Janubiy Koreya uchrashuvini Konstantin Genich sharhlab boradi. Genich kecha oqshom Toshkentga yetib kelgan.

Yangiliklar lentasi
0