Toshkentga Van Damm o‘rniga Stiven Sigal keladi

© Sputnik / Ramil Sitdikov / Mediabankka o‘tishAmerikanskiy akter Stiven Sigal
Amerikanskiy akter Stiven Sigal - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
8 sentabr kuni Stiven Sigal "O‘zbegim" milliy festivalida rekord palovi tayyorlash jarayonida ishtirok etishi, sportchilar uchun master-klasslar o‘tkazishi ko‘zda tutilgan

TOShKENT, 6 sen — Sputnik. Toshkentda bo‘lib o‘tadigan "Asian Fight-2017" turnirida faxriy mehmon sifatida taklif etilgan Gollivud yulduzi Jan Klod Van Damm o‘rniga boshqa bir Gollivud yulduzi Stiven Sigal tashrif buyuradi. Bu haqda turnirning OAV bilan ishlash bo‘yicha menejeri Jamshid Xojiakbarov Sputnik muxbiri bilan suhbatda ma’lum qildi.

Xojiakbarovning aytishicha, Van Dammning O‘zbekistonga kelishi uchun barcha chipta, mehmonxona xarajatlari to‘langan, shartnoma bo‘yicha summaning bir qismi ham o‘tkazib berilgan. Ammo kuni kecha Jan Klod Van Dammning og‘ir betob bo‘lib qolganligi va O‘zbekistonga kela olmasligi turnir tashkilotchilariga xabar qilingan.

Udar posle ostanovki boya i drugie momenti turnira WEF-4 v Bishkeke - Sputnik O‘zbekiston
"Asian Fight-2017" chiptalari sotuvga chiqdi - narxi 50 mingdan 300 ming so‘mgacha

Tashkilotchilarning sa’y-harakatlari natijasida Van Dammning o‘rniga Gollivudning yana bir yulduzi, jang san’ati ustasi Stiven Sigal faxriy mehmon sifatida tashrif buyuradi.

Shuningdek, tashrif buyurishi e’lon qilingan Jeff Monson ham kelmaydigan bo‘ldi. U bilan kelishuvni turnir tashkilotchilarining o‘zlari bekor qilishgan. Xojiakbarovning aytishicha, Monson Van Damm bilan birga kelishi mo‘ljallangan, lekin Van Damm kela olmasligi ma’lum bo‘lgach, Jeff bilan kelishuv bekor qilingan.

8 sentabr kuni Stiven Sigal "O‘zbegim" milliy festivalida rekord palovi tayyorlash jarayonida ishtirok etishi, sportchilar uchun master-klasslar o‘tkazishi ko‘zda tutilgan.

Eslatib o‘tamiz, Toshkentdagi "Bunyodkor" stadionida bo‘lib o‘tadigan Asian Fight-2017 xalqaro turnirida o‘zbekistonlik 8 nafar sportchi Singapur, Afg‘oniston, Rossiya, Hindiston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Ozarbayjon, Kipr mamlakatlarining jangchilari bilan kuch sinashishadi.

Ushbu turnirda sportning yakkakurash turlari bo‘yicha Osiyo va jahon chempionatlarida sovrinli o‘rinlarni egallagan Mahmud Murodov, Anvar Boynazarov, Jasur Mirzamuhammedov, Ulug‘bek Umarov, Hasanxon Baratov, Muhammadali Toshturg‘unov, Isroil Rasulov, Ayubxon Kamolov va Ahliddin Mirzadavlatov O‘zbekiston sharafini himoya qiladi
Yangiliklar lentasi
0