"Ertaroq qilish kerak edi”: Babayan bo‘shatilishiga Facebook foydalanuvchilari munosabati

© Federatsiya futbola UzbekistanaTrener natsionalnoy sbornoy Uzbekistana Samvel Babayan
Trener natsionalnoy sbornoy Uzbekistana Samvel Babayan - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston Futbol Federatsiyasi Samvel Babayan milliy terma jamoa bosh murabbiyligi vazifasidan ozod etilgani haqida rasmiy bayonot e’lon qildi

TOShKENT, 7 sen — Sputnik. O‘zbekiston Futbol Federatsiyasi Samvel Babayan va uning shtabi jahon chempionatiga chiqish vazifasini uddalay olmagani uchun murabbiylar tarkibi bosh murabbiyligi vazifasidan ozod etilganini ma’lum qildi.

Glavniy terenr sbornoy Uzbekistana Samvel Babayan - Sputnik O‘zbekiston
Samvel Babayan iste’foga chiqarildi

O‘zbekistonliklar Facebook ijtimoiy tarmog‘ida ushbu xabarni chapak chalishlar bilan qarshi olishdi. Internet foydalanuvchilari orasida ushbu xabarga erinmay "fotojabalar" chiqarganlar ham juda ko‘p bo‘ldi.

Babayan terma jamoa bosh murabbiyligi vazifasidan ozod etilishi munosabati bilan internetda quyidagi fikrlar bildirilmoqda:

"Osonlicha ketaveradimi? Futbol ishqibozlari umidlarini shuncha vaqt ichida poymol qilgani uchun kim javob beradi?", — deb yozgan Xatambek Turabekov.

"Hammasi uchun javob bersin! Xalqni fikrini bir tiyinga olmagani uchun, bilganidan qolmagani uchun javob bersin yoki javob beradigan odamlarni ko‘rsatsin, bizga kechirim so‘rashini keragi yo‘q", — deb izoh qoldirgan Farrux Kabilov.

Ayrim foydalanivchilar esa faqat Babayani bo‘shatish yetarli chora emas deb hisoblashgan. Jumladan, "Futbol federatsiyasi rahbariyatini ham tubdan o‘zgartirishsa yaxshi bo‘lardi", — deb yozgan J'One Ars.

Glavniy sudya vo vremya futbolnogo matcha - Sputnik O‘zbekiston
OFK tekshiruv boshladi, bu O‘zbekiston uchun imkoniyatmi?
Behzod Hojimatov "Federatsiya rahbarlari ham to‘liq iste’fo berishlari kerak!", — deb izoh qoldirgan.

Bundan tashqari, ayrim internet foydalanuvchilar hazilamuz izohlar ham yozishgan:

Jamshid Mirsaidov "Endi Babayan boshchiligida terma komanda birgalikda Gangaga borib marojniy yesin",- deb yozgan.

"Ertaroq qilish kerak edi bu ishni hurmatli O‘FF", — degan Hasanboy Odilov.

"O‘zbek futbolini yaxshilab dezinfeksiya qilmasa bo‘lmaydi! Federatsiyada hamma yoqni suvaraklar va zararkunandalar bosib ketdi!", — deb yozgan Doniyorxon Samarqandiy.

"Yo Koreyani yutamiz yo futbolni yig‘ishtirib paxta teramiz, endi barcha muxlislarni paxta dalasiga chorlab qolamiz futbolchilarni qo‘llab-quvvatlang"- deb izoh qoldirgan Oshiq Bola.

Jaxongir Sayfutdinov esa Babayan ketganiga "Eh atang! Yana 5-6 yil ishlasa bo‘lardi…", — deb yozgan.

"Bekor ishdan olishibdi 2022 olib chiqasan deb jazo berish kerak edi. Hamma 4-yil yana qarg‘ab yurardi", — deb yozgan Sho‘h Hashimov.

Yangiliklar lentasi
0