Umid Ahmadjonov Mirabror Usmonov o‘rniga O‘FFga prezident etib saylandi

© championat.asiaUmid Axmadjanov - noviy prezident FFU
Umid Axmadjanov - noviy prezident FFU - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Toshkent shahar futbol federatsiyasi tomonidan birgina - Umid Ahmadjonov nomzodi O‘FF prezidentligiga ilgari surildi

TOShKENT, 12 sen — Sputnik. Bugun O‘zbekiston Futbol Federatsiyasining hisobot va saylov konferensiyasi bo‘lib o‘tdi. O‘FF nizomiga ko‘ra Toshkent shahar futbol federatsiyasi tomonidan birgina — Umid Ahmadjonov nomzodi O‘FF prezidentligiga ilgari surildi.Bu haqda championat.asia xabar bermoqda.

Berador Abduraimov - napadayushiy, trener, Master sporta SSSR, Zaslujenniy trener Uzbekskoy SSR - Sputnik O‘zbekiston
Futbol faxriylari O‘FF prezidentligiga saylov o‘tkazishni ortga surishni so‘rashmoqda

Konferensiya ishtirokchilari bir ovozdan bu nomzodni qo‘llab quvvatlashdi. Shu kunga qadar O‘zbekiston Milliy Paralimpiya Assotsiatsiyasi Raisi o‘rinbosari va "Paxtakor" klubi vitse-prezidenti lavozimida ishlab kelgan Umid Ahmadjonov O‘zbekiston Futbol Federatsiyasining yangi prezidenti sifatida e’lon qilindi.

"Avvalambor ishonch bildirganingiz uchun rahmat aytaman. O‘zbek futbolini ko‘tarishga va’da beraman. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Miromonovich Mirziyoyev rahnamoligida futbolimizni ko‘tarishga harakat qilamiz", dedi Umid Ahmadjonov.

O‘FFning yangi rahbariyati tarkibi bilan tanishing.

O‘FF prezidenti: Ahmadjon Umid Mahamatjonovich. Vitse-prezidentlar: Ramatov Achilbay Jumaniyozovich, Bobojonov Po‘lat Razzaqovich, Isroilov Shoakram Xolmatovich.

O‘FF ijroqo‘m a’zolari: Qurbonov Rustam Javdatovich, Shodiyev Bobur Shodiyevich, Aliyev Murod Boqiyevich, Rajabov Mansur Qo‘chqorovich, Yarashev Komil Dehqonovich, Jalolov Narimon Jalolovich.

Yangiliklar lentasi
0