O‘zbekiston terma jamoasi FIFA reytingida 5 pog‘ona pastga tushdi

© STR / AFPSbornaya Uzbekistana po futbolu proigrala sbornoy Kitaya so schetom 0:1
Sbornaya Uzbekistana po futbolu proigrala sbornoy Kitaya so schetom 0:1 - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Terma jamoa birdaniga 5 pog‘onaga pastlab, 69-o‘rindan joy oldi

TOShKENT, 14 sen — Sputnik. Xalqaro futbol assotsiatsiyalari federatsiyasi (FIFA) terma jamoalarning yangilangan reytingini e’lon qildi. Unga ko‘ra, O‘zbekiston milliy terma jamoasi birdaniga 5 pog‘onaga pastlab, 69-o‘rindan joy oldi.

Glava Uzbekistana Shavkat Mirziyoyev v den prazdnovaniya 70-letiya prezidenta Federatsii futbola Uzbekistana Mirabrora Usmanova ukazom ot 4-iyulya nagradil ordenom Dustlik - Sputnik O‘zbekiston
Mirabror Usmonov terma jamoani JChga olib chiqishga va’da bermaganligini aytdi

Reytingda Germaniya birinchi o‘ringa ko‘tarilib oldi, Braziliya esa ikkinchi o‘ringa tushdi. peshqadamlikni mustahkamlab oldi. Portugaliya uchinchi, Argentina to‘rtinchi o‘ringa joylashdi.

Eslatib o‘tamiz, Samvel Babayan boshchiligidagi O‘zbekiston terma jamoasi 2018-yilgi jahon chempionati final bosqichiga chiqish imkoniyatidan butkul mahrum bo‘ldi. So‘nggi saralash bosqichida O‘zbekiston guruhda 4-o‘rinni egalladi.

Shundan so‘ng terma jamoa bosh murabbiyi Samvel Babayan iste’foga chiqarildi.

O‘zbekiston futbol federatsiyasi sobiq prezidenti Mirabror Usmonov o‘rniga esa Umid Ahmadjonov federatsiya prezidenti etib saylandi.

Yangiliklar lentasi
0