Maradona Ronaldu o‘ziga bo‘lgan o‘ta ketgan ishonchi bo‘yicha hazil qildi

© REUTERS / Darren StaplesKrishtianu Ronaldu
Krishtianu Ronaldu - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Ronaldu dekabrda 2017-yilning eng yaxshi o‘yinchisi sifatida "Oltin to‘p" sovrinini qo‘lga kiritdi

TOShKENT, 15 dek — Sputnik. Futbol bo‘yicha jahon chempioni bo‘lgan argentinalik sobiq futbolchi Diyego Maradona "Real" klubi hujumchisi Krishtianu Ronalduning o‘zini "tarixda eng yaxshi futbolchi" deb aytgan so‘zlariga fikr bildirdi. RIA Novosti xabariga asosan.

Shota Arveladze - Sputnik O‘zbekiston
Bikmayev – eng yaxshi futbolchi, Arveladze – eng yaxshi xorijlik murabbiy deb topildi

Ronaldu dekabrda 2017-yilning eng yaxshi o‘yinchisi sifatida "Oltin to‘p" sovrinini qo‘lga kiritdi. Bu uning beshinchi oltin to‘pidir.

Ronaldu France Football jurnaliga bergan intervyuda "o‘zimdan ko‘ra mukammal bo‘lgan o‘yinchi yo‘q" va o‘zini tarixda eng yaxshi o‘yinchi deb atadi.

Maradona "As" nashriga Ronalduning so‘zlari bo‘yicha berilgan savolga javob qaytardi. "Unga aytib qo‘yinglar, hazil qilishni bas qilsin", — deya ta’kidladi Maradona.

Maradona o‘zining eng yaxshi o‘yinchilar ro‘yxatida Alfredo Di Stefano, Yoxan Kroyff va Lionel Messini sanab o‘tdi.

Yangiliklar lentasi
0