O‘FF qoshida iste’dodli bolalar uchun bepul futbol guruhlari tashkil etiladi

© Federatsiya futbola UzbekistanaIlyas Axmedov, uchastnik programmi "Futbol dlya drujbi" (Football for Friendship)
Ilyas Axmedov, uchastnik programmi Futbol dlya drujbi (Football for Friendship) - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Bu maktabga iste’dodli bolalar saralab olinib, O‘FF tomonidan ishga jalb qilingan malakali murabbiylar tomonidan futbol sir-asrorlari o‘rgatib boriladi

TOShKENT, 20 dek – Sputnik. O‘zbekiston Futbol Federatsiyasi qoshida bolalar uchun bepul futbol guruhlari tashkil etiladi. Bu haqda federatsiya matbuot xizmati xabar berdi.

Federatsiya futbola Uzbekistana - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbek futboli uchun yangi logotiplar yaratish bo‘yicha tanlov o‘tkaziladi

Bu maktabga iste’dodli bolalar saralab olinib, O‘FF tomonidan ishga jalb qilingan malakali murabbiylar tomonidan futbol sir-asrorlari o‘rgatib boriladi.

Har bir chiziqda harakat qiluvchi futbolchilar bilan alohida murabbiylar ish olib borilishi ko‘zda tutilgan. Masalan, darvozabonlar murabbiyi yosh futbolchilar bilan alohida mashqlar olib borsa, hujumchilar murabbiyi esa yosh futbolchilarda tezkorlik, kuchli zarba yo‘llash, to‘purarlik kabi xususiyatlarni shakllantirib borishadi.

Ushbu guruh a’zolari nazariy va amaliy mashg‘ulotlar o‘tkazishi va o‘z mahoratlarini sayqallab borishi uchun barcha shart-sharoitlar yaratiladi.

Yangiliklar lentasi
0