Yoshini kichraytirgan futbolchilar bir umrga futboldan chetlatildi

© Sputnik / Maksim Bogodvid / Mediabankka o‘tishFutbol. RFPL. Match "Rubin" (Kazan) - "Dinamo" (Moskva)
Futbol. RFPL. Match Rubin (Kazan) - Dinamo (Moskva) - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘FF: qonunbuzarliklar aniqlansa - qat’iy ravishda jazolanadi, g‘irrom futbol bizga kerakmas!

TOShKENT, 6 yanv – Sputnik. O‘zbekiston futbol federatsiyasi yoshini kichraytirib o‘smirlar terma jamoasida to‘p surgan 5 nafar futbolchi bir umrga futboldan chetlatildi, deb xabar qilmoqda, federatsiya rasmiy sayti.

Bugungi kunda O‘FF respublika futbolida nohaqliklarni oldini olish va g‘irromliklarga barham berish maqsadida bir qator chora-tadbirlar amalga oshirmoqda.

Xususan, futbolchilarning yoshini kichraytirib ko‘rsatish, hujjatlarni qalbakilashtirishga qarshi kurashish va ho kazolar. Ushbu illatlarning ildiziga bolta urish maqsadida, mavjud ma’lumotlar muntazam ravishda o‘rganilib, tahlil qilib borilmoqda.

Ilyas Axmedov, uchastnik programmi Futbol dlya drujbi (Football for Friendship) - Sputnik O‘zbekiston
O‘FF qoshida iste’dodli bolalar uchun bepul futbol guruhlari tashkil etiladi

O‘tkazilgan tekshirig va tahlil natijasida bir qator noqonuniy holatlar aniqlangan:

Abdumutal Abdullayev — 2008-yil U-16 va 2011-yil U-19 Osiyo chempionatlarida O‘zbekiston terma jamoasi tarkibida qatnashgan. U o‘z tug‘ilgan sanasini 19-sentabr 1992-yil sifatida ko‘rsatgan, aslida esa bu futbolchining ismi-sharifi tug‘ilganlik haqidagi guvohnomasi bo‘yicha Nodir Teshabayev bo‘lib, 1989-yil 4-oktabr kuni tug‘ilgan. Ayni paytda bu futbolchi hech qaysi jamoa tarkibida to‘p surmayapti;

Muhammadjon Abdullayev – 2010-yil Toshkentda o‘tgan U-16 Osiyo chempionatida O‘zbekiston terma jamoasi tarkibida to‘p surgan.  U o‘z tug‘ilgan yilini 1994-yil sifatida ko‘rsatgan, aslida esa uning tug‘ilganlik haqidagi guvohnomasida tavallud kuni sifatida 23-noyabr 1991-yil ko‘rsatilgan. Muhammadjon Abdullayev 2013-yili o‘z ismini Rasuljon Abdullayevga o‘zgartirib, Birinchi ligadagi “Xotira-79” jamoasida to‘p surib kelgan;

Vadim Abramov - Sputnik O‘zbekiston
O‘FF qarorini “axmoqona” degan Abramov – litsenziyasidan mahrum bo‘ldi

Ulug‘bek Davlyatov – 2012-yil U-16 Osiyo chempionatida hamda 2013-yil BAAda o‘tgan U-17 JChda O‘zbekiston terma jamoasi tarkibida qatnashgan. U o‘z tug‘ilgan yilini 1996-yil sifatida ko‘rsatgan. Aslida esa tug‘ilganlik haqidagi guvohnomasi bo‘yicha uning ismi Nuriddin Hasanov bo‘lib, 1994-yil 20-iyul kuni tavallud topgan. Bu futbolchi shu paytga qadar “Surxon” jamoasida to‘p surib kelgan;

Zokir Ahmadaliyev — 2012-yil U-16 Osiyo chempionatida O‘zbekiston terma jamoasi tarkibida to‘p surgan, o‘z tug‘ilgan yilini 1996-yil sifatida ko‘rsatgan. Aslida esa tug‘ilganlik haqidagi guvohnomasi bo‘yicha bu futbolchining ismi Dilshod Ahmadaliyev bo‘lib, 1994-yil 2-noyabr kuni tavallud topgan. Bu futbolchi “Bunyodkor” jamoasida to‘p surib kelgan;

Hasanov Burhon - “Buxoro” klubi yoshlar jamoasi futbolchisi. 2000-yil tug‘ilgan deb ko‘rsatilgan. Aslida esa 1998-yil tavallud topgan;

Futbolnie machi - Sputnik O‘zbekiston
O‘FF murabbiylar, hakamlar va federatsiya xodimlarini attestatsiyadan o‘tkazadi

Yuqorida nomlari tilga olingan futbolchilar O‘zbekiston futbol federatsiyasi prezidenti Umid Ahmadjonov tomonidan bir umrga futboldan chetlatildi.

"O‘zbekiston futbol federatsiyasi doimiy ravishda futboldagi g‘irromliklar, yosh kichraytirishlar va hujjatlarni soxtalashtirish bilan bog‘liq holatlarga qarshi kurash olib boradi. O‘zbek futbolidagi har bir futbolchini shaxsan o‘zim tekshiraman. Agar qonunbuzarliklar aniqlansa, qat’iy ravishda jazolanadi. G‘irrom futbol bizga kerakmas”, — dedi Ahmadjonov.

Shuning O‘FF rahbari o‘z yoshini kichraytirib, chet elda to‘p surib yurgan futbolchilar haqida ham unda ma’lumotlar borligini va tez orada ular haqida ham batafsil ma’lumotlar e’lon qilinishini aytib o‘tdi.

Shuningdek, futbolchilarni chet davlatlarga sotish bo‘yicha qoidabuzarlikka yo‘l qo‘ygan, katta pul ishlash maqsadida, futbolchini g‘irromlikka qo‘l urishga majbur qilgan futbol agentlari haqida ma’lumotlar to‘plangan va ularga qarshi tegishli choralar ko‘rilishi e’lon qilindi.

Yangiliklar lentasi
0