Shoxjahon Ergashev Frederiksonni nokaut qildi

© ok.ruShoxjahon Ergashev
Shoxjahon Ergashev - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘zbekistonlik professional bokschi Shohjahon Ergashev uchun esa bu 12 - nokautli g‘alaba bo‘ldi.

TOShKENT, 13 yanv — Sputnik. Bir necha soat oldin Nyu-Yorkdagi “Turning Stone Casino Resort” arenasida yakuniga yetgan boks jangida o‘zbekistonlik Shoxjahon Ergashev amerkalik Soni Frederikson ustidan g‘alaba qozondi.

Bokser Shoxjaxon Ergashev - Sputnik O‘zbekiston
Shohjahon Ergashevning vazn o‘lchash marosimida janjal kelib chiqdi

Jangning birinchi daqiqasida Shoxjahon bergan zarbadan Frederikson “uchib ketib", ring arqonlariga urilib qaytib keldi… Balkim, bunga kecha bokschilar vazn o‘lchash marosimida bo‘lgan kichik mojaro sababdir, lekin Shoxjahon shunchalik g‘azab va shijoat bilan jang qildi-ki, uning har bir zarbasidan raqib tebranib ketar, Frederiksonning qo‘l siltashlari esa Shoxjahonga pashsha chaqqandek ham bo‘lmasdi.

Quyida sports.uz saytida joylashtirilgan ushbu jang videolavhasini o‘zbekcha sharh bilan tomosha qilishingiz mumkin.

Eslatib o‘tamiz, amerikalik Soni Frederikson shu kunga qadar 18 jang o‘tkazib ularning hammasida g‘alaba qozongan edi. O‘zbekistonlik Shohjahon Ergashev uchun esa bu 12- nokautli g‘alaba bo‘ldi.

P.S. So‘nggi damda olingan ma’lumotlarga qaraganda Frederikson ushbu jangdan keyin kasalxonaga tushgan. Aytishlariga qaraganda uning jag‘i singan.

Yangiliklar lentasi
0