12:00 18 Fevral 2018
Efir
Odiljon Xamrabekov

Oʻzbekiston U23 terma jamoasi – Osiyo Chempioni

© AFC
Sport
Havola olish
108751

Vyetnam - Oʻzbekiston oʻyini 1:2 hisobida yakunlandi, hal qiluvchi gol qoʻshimcha daqiqada urildi.

TOSHKENT, 27 yanv — Sputnik. Gʻalaba Vyetnam jamoasidan soʻnggi damda, asosiy vaqt tugab qoʻshimcha daqiqalar berilganidan soʻng yulib olindi, deksak xato boʻlmaydi.

Ravshana Haydarov boshchilik qilgan jamoa 8 daqiqada birinchi golni urdi. Rustam Ashurmatov hisobni ochdi. 41 daqiqada Vyetnam jamoasi jarima toʻpidan unumli foydalanib gol urdi. Nguyen Xai toʻpni saf tortib turgan futbolchilar boshi uzra darvoza burchagiga yoʻlladi.

Ikkinchi taymning asosiy vaqtida hisob oʻzgarmadi, lekin oʻyin Oʻzbekiston jamoasi ustunligida borayotgani koʻrinib turardi. Oʻzbekistonning shiddatli hujumlari natija bilan tugashiga faqat  Vyetnam darvozaboni  qarshilik koʻrsata oldi.

Shu oʻrinda aytib oʻtish kerak-ki, final oʻyin oldidan kuchli qor yoqqani tufayli maydon juda yomon ahvolda edi. Oʻyin boshlashdan bir necha daqiqa oldin maydonni qordan tozalashga toʻgʻri keldi. Ikkinchi taymda esa Oʻzbekiston jamoasi oq kiyimni koʻk rangli kiyimga almashtirishga majbur boʻlishdi.

Ajratilgan qoʻshimcha taym vaqtida Oʻzbekiston jamoasi shijoatli oʻyin koʻrsatdi. Oʻyin tugashiga 2 daqiqa qolganda shu vaqtgacha zahirada boʻlgan Sidorov toʻpni darvozaga kiritishga muvaffaq boʻldi.

Eslatib oʻtamiz, chorak va yarim final bahslarida Oʻzbekiston jamoasi raqiblarini katta ustnlik bilan yenggan edi. Xususan Yaponiyani 4:0 hisobiga, Janubiy Koreyani 4:1 hisobiga.

Igra Vyetnam - Uzbekistan
Igra Vyetnam - Uzbekistan

Asosiy mavzular