05:44 16 Avgust 2018
Efir
  • RUB115.07
  • EUR8888.62
  • USD7790.20
Simvolika XXIII Olimpiyskix igr v Olimpiyskom parke v Pxenchxane

"Olimpiada-2018"ning eksklyuziv translyatsiya huquqini "Uzreport" telekanali qoʻlga kiritdi

© Sputnik / Ramil Sitdikov
Sport
Havola olish
25210

Oʻzbekistonlik sport ixlosmandlari Olimpiya oʻyinlarini aynan ushbu telekanal orqali tomosha qilish imkoniyatiga ega boʻlishadi

TOSHKENT, 6 fev — Sputnik. Milliy olimpiya qoʻmitasi "Uzreport TV" telekanaliga XXIII qishki Olimpiya oʻyinlarining eksklyuziv huquqini rasmiy sotib olish taklifi bilan chiqdi. Telekanal bu taklifni maʼqullab, tegishli kelishuvga erishdi va Olimpiya oʻyinlari translyatsiyasining eksklyuziv huquqini sotib oldi, deb xabar qildi uzreport.news.

Eslatib oʻtamiz, 9-25 fevral kunlari Janubiy Koreyaning Pxyonchxan shahrida XXIII qishki Olimpiya oʻyinlari oʻtkaziladi.

Mazkur olimpiada kabi yirik jahon ahamiyatidagi musobaqalarni translyatsiya kilish huquqlariga amal qilgan holda koʻrsatilishi xalqaro maydonda, shu jumladan, sport hamjamiyatida Oʻzbekiston va oʻzbek sporti mavqeini, imidjini yanada koʻtarishi aniq.

Oʻzbekistonlik sport ixlosmandlari Olimpiya oʻyinlarini aynan ushbu telekanal orqali tomosha qilish imkoniyatiga ega boʻlishadi.

Maʼlumot uchun, ishni professional tarzda tashkil qilgan "UZREPORT TV" telekanali bunga qadar futbol boʻyicha Yevropa chempionlar ligasi, Yevropa ligasi, Angliya Premyer-Ligasi, Ispaniya La-Ligasi, Yevro-2016, shuningdek, boks boʻyicha Germaniyaning Gamburg shahrida oʻtkazilgan jahon chempionati va qishki Osiyo oʻyinlarining translyatsiya huquqini xarid qilgandi. 

Asosiy mavzular