"Uzbek Tigers" Kubaga jo‘nab ketdi

© Federatsiya boksa UzbekistanaUzbek Tigers pered poletom v Rossiyu
Uzbek Tigers pered poletom v Rossiyu - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
"Uzbek Tigers" jamoasi Butunjahon boks seriyalari (WSB) VIII mavsumidagi dastlabki uchrashuvni 9-10 fevral kuni Kubada "Cuba Domadores" bokschilariga qarshi o‘tkazadi

TOShKENT, 6 fev — Sputnik. Bugun erta tongda "Uzbek Tigers" jamoasi a’zolari — Xudoynazar Fayzov, Shunqor Abdurasulov, Mahmud G‘oipov, Madiyar Saydraximov va Bahodir Jalolov kabi Kubaga jo‘nab ketishdi, deb xabar qildi Hukumat portali.

Simvolika XXIII Olimpiyskix igr v Olimpiyskom parke v Pxenchxane - Sputnik O‘zbekiston
"Olimpiada-2018"ning eksklyuziv translyatsiya huquqini "Uzreport" telekanali qo‘lga kiritdi
Xabarga ko‘ra, "Uzbek Tigers" jamoasi Butunjahon boks seriyalari (WSB) VIII mavsumidagi dastlabki uchrashuvni 9-10 fevral kuni Kubada "Cuba Domadores" bokschilariga qarshi o‘tkazadi.

"Cuba Domadores"ga qarshi o‘tadigan bellashuvlarda bokschilarimizga bosh murabbiyi To‘lqin Qilichev va murabbiy Ravshan Xo‘jayev yordam beradi.

Sportchilarning jismoniy holatiga qarab murabbiylar ro‘yxatga o‘zgartirish kiritishlari mumkin.

Eslatib o‘tamiz, 27-fevral kuni Kuba va 1-mart Kolumbiya terma jamoalariga qarshi kechadigan uy uchrashuvlari Termiz shahrida o‘tkaziladi.

 

Yangiliklar lentasi
0