O‘zbekiston terma jamoasi FIFA reytingida 5 pog‘onaga yuqoriladi

© twitter.com / FIFAWorldCupSbornaya Uzbekistana po futbolu v matche s Yujnoy Koreyey
Sbornaya Uzbekistana po futbolu v matche s Yujnoy Koreyey - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston termasi 453 ochko to‘plab Osiyoda Eron, Avstraliya, Yaponiya, Janubiy Koreya, Saudiya Arabistoni va Xitoydan keyin 7-o‘rinda bormoqda

TOShKENT, 15 fev — Sputnik. FIFA milliy terma jamoalarning yangi reytingini e’lon qildi. Reytingda O‘zbekiston terma jamoasi o‘tgan oydagiga nisbatan 5 pog‘ona yuqorilab, 72-o‘rinni egalladi.

O‘zbekiston termasi 453 ochko to‘plab Osiyoda Eron, Avstraliya, Yaponiya, Janubiy Koreya, Saudiya Arabistoni va Xitoydan keyin 7-o‘rinda bormoqda.

​FIFA reytingining birinchi pog‘onasidan Germaniya joy olgan. Keyingi o‘rinlarda Braziliya va Portugaliya joylashgan.

Kuchli beshlikdan shuningdek, Argentina va Belgiya o‘rin olgan.

Yangiliklar lentasi
0