OFK so‘rovnomasida Ikrom Aliboyevning goli haftaning eng chiroyli goli deb topildi

© fotoliaFutbolniy mach
Futbolniy mach - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
OFK rasmiy saytida o‘tkazilgan so‘rovnomada Ikrom Aliboyevning "Al-Vahda" darvozasiga kiritgan goli uchun so‘rovnoma qatnashchilarining 49%i ovoz bergan

TOShKENT, 16 fev — Sputnik. Osiyo futbol konfederatsiyasi Toshkentning "Lokomotiv" klubi yarim himoyachisi Ikrom Aliboyevning golini OFK chempionlar ligasining birinchi turida kiritilgan eng chiroyli gol deb e’lon qildi.

OFK rasmiy saytida o‘tkazilgan so‘rovnomada Ikrom Aliboyevning "Al-Vahda" darvozasiga kiritgan goli uchun so‘rovnoma qatnashchilarining 49%i ovoz bergan.

"Al-Jazira" futbolchisi Ahmad al-Hoshimiyning goli 47%, "Chonbuk Motors" futbolchisi Li Dong Gukning goli 3% ovoz to‘plagan.

Eslatib o‘tamiz, "Lokomotiv" birinchi turda BAAning "Al Vahda" klubini 5:0 hisobida mag‘lubiyatga uchratgandi. Aliboyev 53-daqiqada maydon markazidan raqib darvozasini ishg‘ol qilgan bo‘lsa, 87-daqiqada dublga erishib jamoasi g‘alabasiga hissa qo‘shgandi.

Yangiliklar lentasi
0