"Uzbek Tigers" ushbu mavsumda boshqa jang o‘tkazmaydi - OAV

© Federatsiya boksa UzbekistanaUzbek Tigers pered poletom v Rossiyu
Uzbek Tigers pered poletom v Rossiyu - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Nima uchun bunday qarorga kelinganining sababi ma’lum qilinmagan

TOShKENT, 16 fev – Sputnik. Butunjahon boks seriyasida O‘zbekiston sharafini himoya qiluvchi "Uzbek Tigers" jamoasi ushbu mavsumda janglar o‘tkazmaydi. Bu haqda Olamsport.com cayti o‘z manbalariga tayanib xabar qildi.

Xabarda bildirilishicha, nima uchun bunday qarorga kelinganining sababi ma’lum qilinmagan. “Yaqin vaqtlar ichida bu haqida rasman xabar beriladi”, deyiladi xabarda.

O‘zbekiston boks federatsiyasi xodimi Sputnik muxbiri bilan suhbatda bu boradagi yakuniy ma’lumot federatsiyaning ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida berilishini ma’lum qildi.

Eslatib o‘tamiz, "Uzbek Tigers" bu mavsumda "Amerika" guruhida Kuba, Kolumbiya va Venesuela jamoalari bokschilariga qarshi jang o‘tkazishi lozim edi. 9-fevral kuni "Cuba Domadores"ga qarshi o‘tgan jangda jamoa 0:5 hisobida mag‘lubiyatga uchragandi.

Yangiliklar lentasi
0