03:54 23 Iyun 2018
Efir
  • RUB124.89
  • EUR9150.95
  • USD7883.99
Uzbekskiy bokser Sanjar Tursunov na chempionate mira po boksu

Rossiya boks terma jamoasi Oʻzbekiston bokschilari bilan mashgʻulot oʻtkazmoqchi

Facebook/AIBA
Sport
Havola olish
70930

2016 yilgi Rio Olimpiadasida Oʻzbekiston terma jamoasi jami 7ta medal bilan birinchi, 2017 yilda Gamburgda boʻlib oʻtgan jahon chempionatida 6ta medal bilan ikkinchi oʻrinni egallagandi

TOSHKENT, 28, fev — Sputnik. Boks boʻyicha Rossiya terma jamoasi bosh murabbiyi Eduard Kravtsov Oʻzbekiston boks terma jamoasi bilan mashgʻulot yigʻini oʻtkazish rejalashtirilganini aytdi, deb xabar berdi RIA Novosti.

"Biz Umar Kremlyov (Rossiya boks federatsiyasi bosh kotibi) bilan may oyida Oʻzbekiston terma jamoasi bilan hamkorlikda mashgʻulot yigʻini oʻtkazish haqida gaplashdik. Umar Nazarovich bu tashabbusni qoʻllab-quvvatladi. Biz Oʻzbekiston terma jamoasining birinchi raqamli bokschilari kelishini xohlaymiz. Bundan tashqari, Qozogʻiston terma jamoasi ham taklif etiladi. Keyinroq ular Sankt-Peterburgda oʻtkaziladigan Gubernator kubogi musobaqasida ishtirok etishlarini istaymiz", — dedi Kravtsov.

Eslatib oʻtamiz, 2016 yilgi Rio Olimpiadasida Oʻzbekiston terma jamoasi jami 7ta medal bilan birinchi, 2017 yilda Gamburgda boʻlib oʻtgan jahon chempionatida 6ta medal bilan ikkinchi oʻrinni egallagandi.

Asosiy mavzular