06:20 13 Dekabr 2018
Efir
  • RUB125.22
  • EUR9456.46
  • USD8312.64
Chempionat Azii po borbe vo Dvortse sporta v Bishkeke

Oʻzbekiston kurashchilari Bishkekda 15ta medal yutib olishdi

Sputnik / Tabыldы Kadыrbeko
Sport
Havola olish
29710

27 fevraldan 4 martgacha boʻlgan musobaqalarda 20 dan ortiq mamlakat sportchilari ishtirok etishdi.

TOSHKENT, 5 mar — Sputnik. Oʻzbekiston terma jamoasi Qirgʻizistonda boʻlibt oʻtgan sport kurashi boʻyicha Osiyo chempionatida 15 medal sohibi boʻldi.

Turnirning 6 kunida 30 komplekt medallar oʻz egalarini topdi. Erkin kurash va Yunon-rum kurashlari boʻyicha oʻtkazilgan musobaqalarda erkak va ayol sportchilar ishtirok etishdi, deb xabar qilmoqda Podrobno.uz.

 

Musobaqa yakunlariga koʻra, erkin kurash boʻyicha Oʻzbekiston terma jamoasi 7ta medal olib, jamoalar orasida birinchilikni qoʻlga kiritdi. Oltin medal — Ixtiyor Navruzov (70 kg), Magomed Ibragimov (97 kg) va Davit Modzmanashvili (125 kg)larga nasib qildi. Kumush medal — Maxmud Shavkatov (57 kg), Abbos Raxmonov (61 kg), Timur Usmonoxunov (65 kg) va Aziz Soliyev (92 kg).

Shu bilan bir vaqtda Yunon-rum kurashi boʻyicha ham Oʻzbekiston jamoasi 7ta medalni qoʻlga kiritdi va jamoalar orasida uchini oʻrinni egalladi. 63kg vazn toifasida Elmurad Tasmuradov ushbu sport turidan Oʻzbekiston uchun yagona boʻlgan oltin medalni olib keldi. Bu Elmurodning qitʼa chempionatlarida erishgan 4-gʻalabasi boʻldi.

 

Asosiy mavzular