06:32 17 Avgust 2018
Efir
  • RUB115.07
  • EUR8888.62
  • USD7790.20
Sbornaya Uzbekistana po futbolu

Oʻzbekiston termasi FIFA reytingida pastlab ketishining sababi nimada

© Federatsiya futbola Uzbekistana
Sport
Havola olish
109212

Oʻzbekiston Futbol assotsiatsiyasi milliy terma jamoasi reytingi nima uchun bunchalik keskin pasayib ketganligi boʻyicha izoh berdi

TOSHKENT, 13 apr – Sputnik. Kecha FIFA milliy terma jamoalarning aprel oyidagi reytingini eʼlon qildi. Unga koʻra Oʻzbekiston milliy terma jamoasi birdaniga 18 pogʻona pastlab, 88-oʻrinni egalladi.

Oʻzbekiston Futbol assotsiatsiyasi milliy terma jamoasi reytingi nima uchun bunchalik keskin pasayib ketganligi boʻyicha izoh berdi.

"Ushbu koʻrsatkich boʻyicha milliy terma jamoamiz Osiyoda 13-pogʻonada bormoqda. FIFA reytingiga nazar tashlaydigan boʻlsak, avvallari doimo FIFA reytingida bizdan pastroqda boʻlgan Qirgʻiziston, Ummon, Falastin kabi terma jamoalar Oʻzbekistondan yuqorida joylashishgan. Buning sababi nimada?", — deyiladi OʻFA izohida.

Tushuntirish berilishicha, oʻrtoqlik uchrashuvlari FIFA reytingida eng kichik musobaqa maqomiga ega boʻlib, koeffitsenti 1ga teng. Undan keyin jahon chempionati yoki qitʼa chempionati saralash musobaqasi boʻlib, uning koeffitsenti 2,5 ga teng. Qitʼa chempionati va FIFA Konfederatsiyalar kubogi kabi musobaqalarning final bosqichlari koeffitsenti 3ga teng boʻlsa, eng yirik musobaqa sifatida jahon chempionati final bosqichi hisoblanadi, uning koeffitsenti 4ga teng.

Ochkolarni hisoblash jarayonida raqib jamoaning reytingdagi oʻrni va uning konfederatsiyasi koeffitsenti ham muhim ahamiyatga ega. Misol tariqasida, KONMEBOL, yaʼni Janubiy Amerika jamoalari bilan oʻtkazilgan har qanday uchrashuv eng koʻp ochko beradi, yaʼni koeffitsenti 1ga teng. Yevropa jamoalari 0,99, Osiyo, Afrika, Okeaniya va KONKAKAF jamoalarining koeffitsenti 0,85ga teng.

"Mana shu jihatlarni inobatga oladigan boʻlsak, Oʻzbekiston MTJ nima sababdan bu qadar reytingda pastga tushgani oydinlashadi. Biz mart oyida Afrika terma jamoalari bilan 2ta oʻyin oʻtkazib, bitta durang, bitta magʻlubiyat qayd etdik. Senegalga qarshi oʻyindagi durang terma jamoamizga ochkolar taqdim etdi. Agar Oʻzbekiston mart oyidagi FIFA kunlarida oʻrtoqlik oʻyinlari oʻtkazmaganida, FIFA reytingida bundan ham pastroq oʻrinlardan joy olgan boʻlardi", deyiladi izohda.

Izohlanishicha, FIFA reytingida eng koʻp yuqorilashga muvaffaq boʻlgan Qirgʻiziston terma jamoasi Myanma va Hindiston bilan oʻynagan boʻlsada, lekin musobaqaning muhimligi jihatidan oʻrtoqlik uchrashuvi oʻtkazgan terma jamoalar, shu jumladan, Oʻzbekiston terma jamoasiga nisbatan 2,5 barobar koʻp ochko olgan.

Asosiy mavzular