15:10 26 May 2018
Efir
  • EUR9396.79
  • RUB128.37
  • USD7997.95
Sbornaya Uzbekistana na turnire Buduщeye zavisit ot tebya

Mehribonlik uylari oʻrtasidagi JChda Oʻzbekiston jamoasi chorak finalga chiqdi

Spuntik / Stas Etvesh
Sport
Havola olish
262 0 0

Oʻzbekistonliklar Pokiston bilan 0:0 hisobida durang oʻynashdi, Rossiyani esa 2:0 hisobida magʻlub etib guruhdan chiqishga muvaffaq boʻlishdi.

TOSHKENT, 12 may — Sputnik. Moskva shahrida futbol boʻyicha Mehribonlik uylari oʻrtasida boshlangan Jahon chempionatida ilk bor qatnashayotgan Oʻzbekiston terma jamoasi guruh bosqichidan chiqishga erishdi. Bu haqda championat.asia xabar bermoqda.

Oʻzbekiston terma jamoasi qurʼaga koʻra Rossiya va Pokiston terma jamoalari bilan birga "A" guruhidan joy olgandi. Oʻzbekistonliklar Pokiston bilan 0:0 hisobida durang oʻynashdi, Rossiyani esa 2:0 hisobida magʻlub etib guruhdan chiqishga muvaffaq boʻlishdi.

Oʻzbekistonning chorak finaldagi raqibi ertaga maʼlum boʻladi. Bu yoki Belarus, yoki Misr terma jamoasi boʻladi.

Eslatib oʻtamiz, musobaqa 11 maydan 16 maygacha Moskvadagi "Sapsan-Arena" stadionida boʻlib oʻtadi. Unda 21 mamlakatning 14 yoshdan 17 yoshgacha boʻlgan oʻgʻil-qizlaridan iborat 24 jamoa ishtirok etadi.

Guruh bosqichi oʻyinlari 12,13,14 may kunlari, yarim final va final oʻyinlari 16 may kuni boʻlib oʻtadi.

Asosiy mavzular