15:08 26 May 2018
Efir
  • EUR9396.79
  • RUB128.37
  • USD7997.95
Sbornaya Uzbekistana po futbolu

Oʻzbekiston terma jamoasi Qatar bilan Toshkentda oʻrtoqlik oʻyini oʻtkazadi

© Federatsiya futbola Uzbekistana
Sport
Havola olish
124 0 0

Avvalroq, tarixda birinchi marta Oʻzbekiston milliy terma jamoasi Marokash va Senegal terma jamoalari bilan oʻrtoqlik uchrashuvi oʻtkazgan edi.

TOSHKENT, 16 may — Sputnik. Oʻzbekiston terma jamoasi futbolchilari 2018 yilning 16 oktyabr kuni Toshkent shahrida Qatar terma jamoasi bilan oʻrtoqlik uchrashuvi oʻtkazadi. Bu haqda Oʻzbekiston Futbol assotsiatsiyasi matbuot xizmati xabar bermoqda.

Xabarda aytilishicha, Milliy olimpiya qoʻmitasi prezidenti hamda Oʻzbekiston Futbol assotsiatsiyasining birinchi vitse prezidenti Umid Ahmadjonov Qatar Futbol federatsiyasi bilan oʻrtoqlik uchrashuvi oʻtkazish toʻgʻrisida memorandum imzolagan.

Avvalroq, tarixda birinchi marta Oʻzbekiston milliy terma jamoasi Marokash va Senegal terma jamoalari bilan oʻrtoqlik uchrashuvi oʻtkazgan edi.

19 may kuni esa Oʻzbekiston milliy terma jamoasi Eronga qarshi Tehronning "Ozodiy" stadionida oʻrtoqlik uchrashuvi oʻtkazadi.

Asosiy mavzular