18:30 18 Oktyabr 2018
Efir
  • RUB123.85
  • EUR9490.14
  • USD8208.04
Sbornaya Uzbekistana - pobeditel turnira Buduщeye zavisit ot tebya

Oʻzbekiston termasi - jahon chempioni

© Sputnik /
Sport
Havola olish
47540

Mehribonlik uylari tarbiyalanuvchilari oʻrtasida boʻlib oʻtayotgan jahon chempionatida Oʻzbekiston terma jamoasi penaltilar seriyasida Pokiston ustidan gʻalaba qozonib jahon chempioniga aylandi.

TOSHKENT, 16 may — Sputnik. Mehribonlik uylari tarbiyalanuvchilari oʻrtasida boʻlib oʻtayotgan jahon chempionatida Oʻzbekiston terma jamoasi penaltilar seriyasida Pokiston ustidan gʻalaba qozonib jahon chempioniga aylandi.

Asosiy oʻyin vaqtida hisob 1:1 bilan yakunlandi. Undan keyin belgilangan penaltilar boʻyicha 5:6 hisobida Oʻzbekiston gʻalaba qozondi. Soʻnggi hal qiluvchi golni Oʻzbekiston jamoasi darvozaboni Sergey Islamov urdi.

Oʻzbekiston terma jamoasi qurʼaga koʻra Rossiya va Pokiston terma jamoalari bilan birga "A" guruhidan joy olgandi. Oʻzbekistonliklar Pokiston bilan 0:0 hisobida durang oʻynashdi, Rossiyani esa 2:0 hisobida magʻlub etib guruhdan chiqishga muvaffaq boʻlishdi.

Dramatik tarzda kechgan chorak final bahsida oʻzbekistonlik futbolchilar Nepal termasini 2:1 hisobida yengishdi.

Yarim finalda Burundi ustidan 1:0 hisobida gʻalaba qozonishdi.

Sputnik muxbiri bilan suhbatda Oʻzbekiston terma jamoasi bosh murabbiyi Jamshid Asadov ushbu musobaqada ilk bor ishtirok etishayotganini va tarixda qolish, Oʻzbekiston xalqini xursand qilish niyatida ekanliklarini aytgandi.

Ular buni uddalashdi! Oʻzbekiston terma jamoasi tarixda ilk bor ishtirok etgan musobaqada jahon chempioni unvonini qoʻlga kiritdi.

Jahon chempionlari bilan tanishing: Sergey Islamov, Danil Shaplov, Jahongir Ochilov, Toir Ergashboyev, Ruslan Kotov, Ruslan Karaxanyan, Aziz Esenbayev, Edgar Shamshilov, Salim Son.

Bosh murabbiy — Jamshid Asadov.

Aziz Esenbayev oʻgʻil bolalar oʻrtasida musobaqaning eng yaxshi himoyachisi deb topildi.

Biz oʻzbekistonlik futbolchi bolalarni, oʻzbek futboli muxlislarini bu tarixiy gʻalaba bilan tabriklaymiz.

Asosiy mavzular