O‘zbekiston shaxmat vatani deb rasman tan olinadi

© Foto : pixabayShaxmati
Shaxmati  - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Butunjahon shaxmat federatsiyasi rahbari Kirsan Ilyumjinov FIDE Xalqaro Olimpiya qo‘mitasiga rasmiy xat tayyorlayotgani va yaqin orada O‘zbekiston shaxmat vatani deb rasman tan olinishini ma’lum qildi.

TOShKENT, 4-iyun – Sputnik. Butunjahon shaxmat federatsiyasi rahbari Kirsan Ilyumjinov yaqin orada O‘zbekiston shaxmat vatani deb rasman tan olinishini ma’lum qildi. Bu haqda O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi matbuot xizmati xabar berdi.

Xabarda aytilishicha, Butunjahon shaxmat federatsiyasi rahbari Kirsan Ilyumjinov 4-iyun kuni Milliy olimpiya qo‘mitasida O‘zbekiston shaxmat federatsiyasining navbatdan tashqari hisobot-saylov konferensiyasida qatnashdi.

Umida Omonova - chempion Azii po Blitsu - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekistonlik yosh shaxmatchi blis bo‘yicha Osiyo chempioni bo‘ldi

"Butunjahon shaxmat federatsiyasi rahbari nutqi davomida shaxmat vatani Pokiston, Hindiston yoki Eron emas, balki O‘zbekiston ekanligiga alohida urg‘u berdi. Bu fakt ilmiy tadqiqotlar, tarixchi olimlar tomonidan o‘rganib chiqilgan izlanishlar natijasi ekanligi, FIDE bu borada Xalqaro Olimpiya qo‘mitasiga rasmiy xat tayyorlayotgani va yaqin orada O‘zbekiston shaxmat vatani deb rasman tan olinishini ma’lum qildi", — deyiladi xabarda.

O‘zbek shaxmat maktabi jahonga Rustam Qosimjonovdek jahon chempionini yetishtirib bergan. Shuningdek, Nodirbek Abdusattorov bugungi kunda jahonning eng yosh grossmeysteri bo‘lib turibdi.

Yangiliklar lentasi
0