16:00 14 Avgust 2018
Efir
  • RUB115.07
  • EUR8888.62
  • USD7790.20
Podgotovka k tovariщeskomu matchu sbornыx Uzbekistana i Urugvaya

Urugvay – Oʻzbekiston uchrashuvi ikkita telekanal orqali jonli efirda namoyish etiladi

© Federatsiya futbola Uzbekistana
Sport
Havola olish
110120

Bahs 8 iyun kuni Toshkent vaqti bilan soat 04:00da Montevideo shahrida boʻlib oʻtadi.

TOSHKENT, 7 iyun — Sputnik. Oʻzbekiston terma jamoasining Urugvay termasiga qarshi oʻrtoqlik uchrashuvi Oʻzbekistonning SPORT TV hamda Rossiyaning Match TV telekanallari orqali toʻgʻridan-toʻgʻri namoyish etiladi, deb xabar berdi Milliy olimpiya qoʻmitasi matbuot xizmati.

Bahs 8 iyun kuni Toshkent vaqti bilan soat 04:00da Montevideo shahrida boʻlib oʻtadi.

Ilgari bu ikki mamlakatning yoshlar terma jamoalari oʻzaro roʻbaroʻ kelishgan. Oʻzbekiston terma jamoasi ilk bor jahon chempionatida gʻolib boʻlgan terma jamoa bilan kuch sinashadi.

Eslatib oʻtamiz, JCH-2018da Urugvay 25 iyun kuni Rossiya, 15 iyun kuni Misr va 20 iyun kuni Saudiya Arabistoniga qarshi maydonga tushadi.

Oʻzbekiston terma jamoasi tarkibidan quyidagi futbolchilar joy olishgan.

Darvozabonlar: Botirali Ergashev ("Navbahor"), Umid Ergashev ("Nasaf"), Eldor Suyunov ("Paxtakor").

Himoyachilar: Rustam Ashurmatov ("Bunyodkor"), Sanʼat Shixov ("Buxoro"), Akram Komilov ("Bunyodkor"), Doston Tursunov ("Neftchi"), Islom Qobilov ("Bunyodkor"), Sherzod Aʼzamov ("Paxtakor"), Shuhrat Muxammadiyev ("Lokomotiv"), Abbos Otaxonov ("Metallurg").

Yarim himoyachilar: Odil Hamrobekov ("Nasaf"), Aziz Gʻaniyev ("Nasaf"), Javohir Sidiqov ("Qoʻqon-1912"), Aziz Turgʻunboyev ("Navbahor"), Jasur Yaxshiboyev ("Paxtakor"), Jaloliddin Masharipov ("Paxtakor"), Ikrom Aliboyev ("Lokomotiv"), Islom Kenjaboyev ("Nasaf"), Xurshid Gʻiyosov ("Bunyodkor"), Sardor Sobirxodjayev ("Bunyodkor").

Hujumchilar: Zabihillo Oʻrinboyev ("Metallurg"), Bobir Abdixoliqov ("Nasaf").

Asosiy mavzular