Jahon kubogida o‘zbekistonlik kikbokschilar 50ta medalni qo‘lga kiritishdi

© olamsport.comUzbekistanskie kikbokseri zavoyevali 50 medaley v Kubke mira
Uzbekistanskie kikbokseri zavoyevali 50 medaley v Kubke mira - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Uch kunlik musobaqa yakunida o‘zbekistonlik sportchilar 22ta oltin, 14ta kumush, 14ta bronza, jami 50ta medalni qo‘lga kiritishdi.

TOShKENT, 7-iyun – Sputnik. Rossiyaning Anapa shahrida kikboksing bo‘yicha bo‘lib o‘tgan IX Jahon kubogida o‘zbekistonlik sportchilar jami 50ta medalni qo‘lga kiritishdi. Bu haqda olamsport.com xabar berdi.

Ushbu nufuzli musobaqada 100ga yaqin davlat kikbokschilari qatorida 63 nafar sportchidan tarkib topgan O‘zbekiston kattalar va yoshlar terma jamoasi a’zolari ham muvaffaqiyatli tarzda ishtirok etdi.

Uch kunlik musobaqa yakunida o‘zbekistonlik sportchilar 22ta oltin, 14ta kumush, 14ta bronza, jami 50ta medalni qo‘lga kiritishdi. Behruz Nurxo‘jayev, Ibrohim Shahobiddinov, Sherali Musayev, Axmed Alimbekov Jahon kubogining eng yaxshi sportchisi deb topilishdi.

Norasmiy umumjamoa hisobida O‘zbekiston kikboksing terma jamoasi ikkinchi o‘rinni egalladi. Mezbonlar Rossiya terma jamoasi birinchi bo‘ldi.

Yangiliklar lentasi
0