Shavkat Mirziyoyev JCh-2018 ochilish marosimida ishtirok etadi

© Sputnik / Sergey Guneyev / Mediabankka o‘tishPrezident RF V. Putin na sammite ShOS v Kitae
Prezident RF V. Putin na sammite ShOS v Kitae - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Prezidentlarni JCh-2018 ochilish marosimida Vladimir Putin va FIFA rahbari Infantino kutib oladi.

TOShKENT, 13-iyun — Sputnik. Rossiya prezidentining matbuot kotibi Dmitriy Peskov ertaga 14-iyun kuni Moskvada bo‘lib o‘tadigan Jahon Chempionati ochilish marosimida O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev ishtirok etishini xabar qildi.  

“Livandan — Xariri, Moldova prezidenti — Igor Dodon, Panama prezidenti — Xuan Karlos Varela, Paragvay prezidenti — Benites, Ruanda rahbari, Saudiya Arabistoni shahzodasi — Salmon Al Saud, Tojikiston prezidenti Emomali Rahmon, O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev, Janubiy Osetiya prezidenti – Bibilov – ertaga ushbu mehmonlarni ochilish marosimida prezident Putin va FIFA rahbari Infantino kutib oladi”, - dedi Peskov.

RIA Novosti xabarida aytilishiga ko‘ra, JCh ochilish marosimida, shuningdek, Abxaziya Respublikasi prezidenti Xadjimba, Ozarbayjon prezidenti Aliyev, Armaniston bosh vaziri — Pashinyan, Belorussiya prezidenti — Lukashenko, Boliviya prezidenti, Qozog‘iston prezidenti – Nazarbayev, Qirg‘iziston prezidenti – Jeenbekovlar kelishini ham tasdiqladi.

Yangiliklar lentasi
0