10:22 24 Fevral 2020
Efir
  • RUB150.07
  • EUR10319.35
  • USD9528.49
Sport
Havola olish
390 0 0

3-4 iyul kunlari imtihon topshirgan 34 inspektordan 10 nafari nazariy imtihondan oʻta olmadi.

TOSHKENT, 7 iyul – Sputnik. Oʻzbekiston Superliga hamda Pro-liga uchrashuvlarini boshqarayotgan bosh hakamlar, ularning yordamchilari jismoniy tayyorgarlik boʻyicha test-sinovlari hamda nazariy bilimlar boʻyicha topshirgan imtihonlari natijalari eʼlon qilindi.

Oʻzbekiston futbol Assotsiatsiyasining xabar berishicha, sinovlar natijalariga koʻra, 25 iyundan 30 iyungacha 40 nafar hakamlar va yordamchilaridan imtihon olinib, 3 nafar bosh hakam va 2 nafar yordamchi hakam fitnes test topshira olmagan boʻlsa, 2 nafar yordamchi hakam nazariy imtihondan oʻta olmadi.

3-4 iyul kunlari imtihon topshirgan 34 inspektordan 10 nafari nazariy imtihondan oʻta olmadi. 4-6 iyul kunlaridagi imtihonlarda 37 nafar hakam ishtirok etib, 1 nafar bosh hakam fitnes testdan, 4 nafar yordamchi hakam nazariy imtihondan oʻta olishmadi.

Imtihonlardan oʻta olmagan hakamlar Superliga hamda Pro-liga oʻyinlaridan chetlashtirildi.

Asosiy mavzular