Putin Rossiya jamoasining mag‘lubiyatiga qanday munosabat bildirdi

© Sputnik / Michael Klimentyev / Mediabankka o‘tishPrezident RF Vladimir Putin vo vremya telefonnogo razgovora
Prezident RF Vladimir Putin vo vremya telefonnogo razgovora - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Rossiya Xorvatiyaga imkoniyatni boy berganiga qaramasdan, Vladimir Putin jamoaga “chiroyli va irodali o‘yin ko‘rsatishganini” uchun minnatdorlik bildirdi.

TOShKENT, 8-iyul — Sputnik. Rossiya prezidenti Vladimir Putin terma jamoaning irodali o‘yin ko‘rstaganini qayd etib, jamoaning bosh murabbiyi Stanislar Cherchesovni JCh yakunlarini muhokama qilishga taklif qildi.

Bolelshiki sbornoy Rossii - Sputnik O‘zbekiston
Rossiya terma jamoasi JChni tark etdi

Rossiya prezidentining matbuot kotibi mitriy Peskov aytishiga qaraganda, shanba kuni Vladimir Putin terma jamoa murabbiyi Stanislav Cherchesovga ikki marotaba qo‘ng‘iroq qilgan.

Dastlab, o‘yindan oldin muvaffaqiyat tilash uchun. Ikkinchi marotaba esa, davlat rahbari Cherchesovga o‘yindan keyin qo‘ng‘iroq qilib “ushbu tarixiy matchda chiroyli va irodali o‘yin ko‘rsatishganini” uchun minnatdorlik bildirgan.

Eslatib o‘tamiz, Rossiya terma jamoasi uchun ushbu Jahon chempionati tarixda eng muvaffaqiyatli bo‘ldi. Jamoa ilk bor Jahon chempionatida nafaqat guruhdan chiqishga, balkim chorak finalgacha yetib kelishga muvaffaq bo‘ldi.

Yangiliklar lentasi
0