02:08 23 Sentyabr 2018
Efir
  • RUB118.05
  • EUR9347.75
  • USD8039.00
Umid Axmadjanov - novыy prezident FFU

Umid Ahmadjonov: Bizga boqimanda klublarning quruq savlati kerak emas

© championat.asia
Sport
Havola olish
65720

Oʻzbekiston klublari futbolchilarga koʻtarma pullari bermaydi.

TOSHKENT, 9 iyul – Sputnik. Oʻzbekiston klublari futbolchilarga koʻtarma pullari bermaydi. Bu holat 2019 yil uchun tuziladigan shartnomalarda oʻz ifodasini topadi, deb maʼlum qildi Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasi matbuot xizmati.

Taʼkidlanishicha, OʻFA birinchi vitse-prezidenti Umid Ahmadjonov topshirigʻiga koʻra, davlat tomonidan moliyalashtirilayotgan klublarning shtat jadvali hamda infratuzilmasini tartibga keltirish ishlari boshlangan hamda koʻtarma pullari masalasi bunda alohida oʻrin tutadi.

 “Hali bir ishni qoyil qilib qoʻymagan futbolchining klubga kelmay turiboq millionlab pul talab qilishini tushunish qiyin. U oʻz saviyasiga qarab oylik-maosh yoki mehnatlari evaziga mukofot pullarini talab qilishi mumkin. Shu vaqtgacha uning quruq savlatiga berilgan pul endilikda futbolchini tarbiya qilgan futbol maktablari hamda murabbiylariga yoʻnaltiriladi. Bu oʻz navbatida bolalar futbolida faoliyat olib borayotgan murabbiylarni sifatli futbolchilarni yetishtirishga boʻlgan intilishini kuchaytiradi”, — deb aytgan Umid Ahmadjonov OʻFA hamda PFL rahbariyati bilan uchrashuvda.

Matbuot xizmatining bildirishicha, ayni vaqtda Oʻzbekistonda koʻplab klublar davlat korxonalari tomonidan ragʻbatlantiriladi.

“Qolaversa, koʻtarma pullarini berish tartibi bir qator shubhalarga sabab boʻlyaptiki, buning orqasidan futbolchi hamda manfaatdor tomon moliyaviy yutuqqa erishishi mumkin. Biroq futbol ham, klublar ham rivojlanib qolmayapti. Endilikda futbolchilar qilgan mehnati uchun va albatta yutugʻi uchun ragʻbatlantiriladi. To futbol klublari xususiylashib, oʻrtada sogʻlom raqobat vujudga kelmaguniga qadar, koʻtarma puli tushunchasi unutiladi”, deyiladi xabarda.

Umid Ahmadjonovning soʻzlariga koʻra, “Ayniqsa, bir yillik, yarim yillik boʻlgan legioner futbolchilar uchun berilayotgan koʻtarma pullari achinarli. Keladi, millionni choʻntagiga soladi, oʻynasa oʻynadi, oʻynolmasa indamay qaytib ketaveradi”.

“Bizga boqimanda klublarning quruq savlati kerak emas. Davlat ularga suyanch boʻlayotganidan foydalanib, oʻz kelajaklari haqida qaygʻurishsin. Oʻsha saviyasiz legionerlar bugun bor, ertaga yoʻq. Akademiya yoki stadionlar esa oʻzimizga qoladi, futbolimiz rivoji uchun xizmat qiladi”, — degan Umid Ahmadjonov.

Asosiy mavzular