18:24 19 Iyul 2018
Efir
  • RUB124.54
  • EUR9100.06
  • USD7787.81
Match gruppovogo etapa chempionata mira po futbolu mejdu sbornыmi Belgii i Tunisa na stadione Spartak v Moskve

FIFA oʻtgan 60 oʻyin boʻyicha qiziqarli statistika eʼlon qildi

© Sputnik / Anton Denisov
Sport
Havola olish
63110

Eng hujumchi jamoa Braziliya, eng himoyalanuvchi jamoa – Rossiya. JChning dastlabki statistikasi eʼlon qilindi.

TOSHKENT, 9 iyul — Sputnik. Rossiyada boʻlib oʻtayotgan Jahon chempionatining yarim final oʻyinlari oldidan FIFA chempionatning boʻlib oʻtgan 60 uchrashuvlari haqida bir qator qiziqarli faktlarni eʼlon qildi.

Xususan, Rossiya terma jamoasi — 2018 yilgi JChning eng yaxshi himoyalanuvchi jamoasi deb topildi. Statistikaga koʻra rossiyalik futbolchilar eng koʻp himoyalanuvchi harakatlarni amalga oshirishgan. Toʻpni jarima maydonchasidan olib chiqish, raqib oʻyinchisidan toʻpni olish va seyv qilish habi harakatlar jamoa tomonidan 259 marotaba amalga oshirilgan.

Eng kuchli hujumchi jamoa — Braziliya  boʻlgan. Ular 292 marotaba hujum uyushtirilgan. Muvaffaqiyatli uzatishlar soni boʻyicha chempion — Ispaniya. Ular 3120 ta aniq pas uzatishgan. Eng samarali jamoa esa — Belgiya boʻlgan. Turnir davomida ular 14 ta gol urishga muvaffaq boʻlishgan.

Eng koʻp yugurgan futbolchi — Rossiya yarim himoyachisi Roman Zobnin boʻlgan. "Spartak" jamoasi oʻyinchisi turnir davomida 62 km yugurgan. Darvozaga urilgan zarbalar soni boʻyicha chempion — Neymar, 27 zarba. Eng koʻp pas uzatgan futbolchi — ispaniyalik Serxio Ramos — 485 ta aniq pas uzatgan. Eng koʻp seyv amalga oshirgan darvozabon esa — Meskika jamoasi darvozaboni Gilmero Ochoa boʻldi.

Ushbu statistik maʼlumotlar oʻtkazilgan 60ta oʻyin natijalariga asosan tuzilgan. Oldinda yana ikki yarim final, final va uchinchi oʻrin uchun kurash turibdi. Jahon chempionligiga Belgiya, Frantsiya, Angliya va Xorvatiya daʼvo qilmoqda.

Asosiy mavzular