Sport siyosatdan holi: Vukoyevich terma jamoadagi faoliyatidan chetlatildi

© Sputnik / Sergey Pivovarov / Mediabankka o‘tishFutbol. Trenirovka sbornoy Xorvatii
Futbol. Trenirovka sbornoy Xorvatii - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
"Ukrainaga shon-sharaflar bo‘lsin!", degan videosi uchun xorvatiyalik futbolchi Vukoyevich terma jamoadagi faoliyatdan chetlatildi

TOShKENT, 9-iyul — Sputnik. Xorvatiya futbol uyushmasi milliy jamoa skauti Ognen Vukoyevichni jahon chempionatidagi keyingi faoliyatidan chetlatish qarorini qabul qildi. U rasman jamoa delegatsiyasi safida edi.

Prezident RF Vladimir Putin vo vremya telefonnogo razgovora - Sputnik O‘zbekiston
Putin Rossiya jamoasining mag‘lubiyatiga qanday munosabat bildirdi
Eslatib o‘tamiz, o‘tgan hafta shanba kuni Xorvatiya terma jamoasi 1/4 final uchrashuvida penaltilar seriyasida Rossiya termasi ustidan g‘alaba qozondi.

Sal o‘tmay, internet tarmog‘ida videorolik paydo bo‘lgan bo‘lib, unda xorvatiya termasi himoyachisi Domagoy Vida "Slava Ukraine" (Ukrainaga shon-sharaflar bo‘lsin), deya baqiradi, Vukoyevich esa: "Bu g‘alaba "Dinamo" va Ukraina uchun", deya qo‘shimcha qiladi.

Ushbu rolik rossiyaliklar bilan bo‘lgan o‘yindan keyin yozilgan. Ikki futbolchi ham o‘tmishda Kiyevning "Dinamo"sida to‘p surgan.

2017-yilda o‘z karyerasini yakunlagan Vukoyevichning o‘zi Xorvatiya futbol uyushmasining qarorini tushunishini va hurmat qilishini bildirgan.

"Men jahon chempionatining yarim finali oldida terma jamoaga malollik keltirishni xohlamayman. Mening ta’kidimda hech qanday siyosiy tagzamir yo‘q edi. Ammo men uni turlicha talqin qilish mumkinligini tushunaman. Men bundan pushaymonman va mabodo mening so‘zlarimni shunday qabul qilishgan bo‘lsa, rossiyalik futbol ishqibozlariga o‘z uzrimni keltiraman", — deb bayonot qilgan Vukoyevich.

Xorvatiya futbol uyushmasi ham Vukoyevichning xulqi uchun uzr so‘radi. Vida ham o‘z chiqishi uchun uzrini keltirgan.

Eslatib o‘tamiz, FIFA yakshanba kuni Vidaga ogohlantirish e’lon qilgan edi. Ammo shu bilan birga o‘yinchi diskvalifikatsiya qilinmagan va Angliya terma jamoasiga qarshi yarimfinal uchrashuvida ishtirok eta oladi.

Yangiliklar lentasi
0