O‘zbekistonlik gandbolchilar jahon kubogida oltin medallarni qo‘lga kiritishdi

© Press slujba NOK UzbekistanaGandbolisti Uzbekistana zavoyevali kubok mira
Gandbolisti Uzbekistana zavoyevali kubok mira - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘zbekistonlik gandbolchilar musobaqa davomida o‘tkazilgan yetti uchrashuvning barchasida zafar quchishdi

TOShKENT, 12-iyul – Sputnik. O‘zbekistonlik gandbolchilar Italiyaning Teramo shahrida o‘tkazilgan Xalqaro gandbol federatsiyasi tavqimiga kiruvchi 46-xalqaro “Interamnia2 jahon kubogi musobaqasida oltin medallarga sazovor bo‘lishdi. Bu haqda O‘zbekiston Olimpiya qo‘mitasi matbuot xizmati xabar berdi.

Musobaqada jahonning 34 ta mamlakatidan 123 ta jamoa ishtirok etdi. Unda O‘zbekiston sharafini 2000-yillarda tug‘ilgan sportchilardan tashkil topgan ROZK (O‘zbekiston U-18 terma jamoasi) jamoasi himoya qildi.

Gandbolnaya sbornaya Uzbekistana U-16 viigrala Kubok mira - Sputnik O‘zbekiston
Gandbol bo‘yicha O‘zbekiston U-16 termasi Jahon kubogi sohibi bo‘ldi

O‘zbekiston vakillari ilk o‘yinda Fransiyaning “Lanester” jamoasini 18:8 hisobida mag‘lub etishdi. Ikkinchi o‘yinda “Grunvald” ustidan 23:16 hisobida g‘alaba qozonishdi. Uchinchi bahsda esa “Kozanis2 26:8 hisobida taslim etildi. “Mountada”dan 21:14 hisobida ustun kelgan gandbolchilar “Virum Sorgenfri”ga qarshi bahsda 15:13 hisobida g‘olib bo‘lishdi.

Gandbolchilarga musobaqa yarim finalida yana “Virum Sorgenfri” klubi raqib bo‘ldi va o‘zbekistonlik yoshlar bu safar 15:8 hisobida g‘alaba qozonishdi. Hal qiluvchi bahsda ular Shveysariyaning “Shenois Jeneva” jamoasidan 18:9 hisobida ustun kelishdi.

Shu tariqa o‘zbekistonlik gandbolchilar musobaqa davomida o‘tkazilgan yetti uchrashuvning barchasida zafar quchib, oltin medallarga sazovor bo‘lishdi.

Yangiliklar lentasi
0