O‘zbekistonlik nokautchi bokschi Shohjahon Ergashev chempionlik kamarini himoya qiladi

© UzABokser Shoxjaxon Ergashev
Bokser Shoxjaxon Ergashev - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Shohjahon Ergashev professional ringda bungacha 13ta jang o‘tkazgan va ularning barchasida g‘alaba qozongan.

TOShKENT, 19-iyul – Sputnik. Ayni paytda professional boksda faoliyat olib borayotgan o‘zbekistonlik bokschi Shohjahon Ergashev 19-avgust kuni Moskva shahrida navbatdagi jangini o‘tkazadi. Bu haqda O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi xabar berdi.

Professionalniy bokser Shaxram Giyasov - Sputnik O‘zbekiston
Shahram G‘iyosovdan nokaut, Ahmadaliyev va G‘oibnazarov ham g‘alaba qozondi

Ergashevga ugandalik Juma Vasva raqiblik qiladi. Ushbu jangda Shohjahon o‘zining WBA International kamarini himoya qiladi.

Shohjahon Ergashev professional ringda bungacha 13ta jang o‘tkazgan va ularning barchasida g‘alaba qozongan. Bahslarning 12tasida raqiblarini nokaut evaziga mag‘lub etgan.

Vasva esa bungacha professional boksda 13 ta jang o‘tkazib, ularning 10 tasida g‘alaba qozongan (4ta nokaut). 2ta jangda mag‘lub bo‘lgan bo‘lsa, 1ta to‘qnashuvda durang qayd etgan.

Yangiliklar lentasi
0