18:10 20 Yanvar 2019
Efir
  • RUB124.97
  • EUR9582.03
  • USD8356.18
Match chempionata Uzbekistana Paxtakor — Lokomotiv

Superliganing olti klubiga qarzdorlik masalasi qimmatga tushishi mumkin

© Ofitsialnыy sayt FK "Lokomotiv" (Tashkent)
Sport
Havola olish
172011

Ayni vaqtda “Soʻgʻdiyona”, “Qoʻqon-1912”, “Bunyodkor”, “Navbahor”, “Paxtakor” va “Buxoro” kabi klublarda qarzdorlik mavjud.

TOSHKENT, 11 avg – Sputnik. Professional futbol ligasi zimmasidagi qarzdorlik masalasidan vaqtida qutula olmayotgan Superliga klublarini ogohlantirdi.

PFL saytida xabar qilinishicha, ayni vaqtda “Soʻgʻdiyona”, “Qoʻqon-1912”, “Bunyodkor”, “Navbahor”, “Paxtakor” va “Buxoro” kabi klublarda qarzdorlik mavjud.

“Mazkur holat 14 avgust — seshanba kuni soat 15:00ga qadar bartaraf etilmasa, jamoalardan 3 ochko olib tashlanadi. 22-turdan keyin esa ularni Superliga oʻyinlaridan olish yoki 6 ochkodan mosuvo qilish masalasi koʻrib chiqilishi mumkin”, - deyiladi xabarda.

Bungacha PFL Pro-Liganing ikki klubi — “Yozyovon” hamda “Norin” jamoalariga qarzdorlikni bartaraf etmagani uchun texnik magʻlubiyat yozgan edi.  

Asosiy mavzular